SILOS

SILOS (ispancha silos — yertoʻla, don saqlanadigan oʻra) — chorva mollari uchun oʻsimlik (makkajoʻxori, kartoshka, kungaboqar, vikasuli aralashmalari, ildizmevalar, tabiiy pichanzorlar oʻtlari, poliz ekinlari palaklari va b.) koʻk poyalarini havo kirmaydigan qilib konservalash yoʻli bilan tayyorlanadigan ozuqa. Tarkibida karotin, vitamin S saqlanadi. Toʻgʻri tayyorlangan Silos tarkibida organik kislotalar, xususan, sut (2% gacha), sirka (0,6% gacha) kislotalari, ayrim turlarida propion, valeriana kislotalari mavjudligi tufayli oʻziga xos yoqimli hid va nordonroq mazaga ega. Silos bostirish texnologiyasi buzilganda va notoʻgʻri saqlanganda yogʻ kislotasi paydo boʻladi. Silos sifati undagi vodorod ionlarining miqdori (rN)ga qarab aniqlanadi. Sifatli Silos tarkibida r-n 4—4,2 boʻladi. Silosning ozuqali qimmati oʻsimlik turi, oʻrib olish vaqtidagi rivojlanish fazasi, tayyorlash texnologiyasi va saqlanish sharoitiga bogʻliq. Yuqori sifatli Silos tayyorlash uchun makkajoʻxori doni sutmum pishish davrida, kungaboqar gullay boshlashi, dukkaklilar dukkak tugishining boshlanishi bilan oʻriladi. 100 kg makkajoʻxori silosida 20 ozuqa birligi, 1,4 kg hazm boʻladigan protein, 150 g kalsiy, 50 g fosfor, 1500 mg karotin, 100 kg kungaboqar Silos ida 16 ozuqa birligi, 1,4 kg protein bor.

Oʻzbekistonda Silos bostirish 20-a. ning oʻrtalaridan qoʻllaniladi. S, asosan, makkajoʻxori, oq joʻxori poyasidan yoki poyasi va donidan tayyorlanadi. Silos hayvonlarda ovqat hazm boʻlishini yaxshilaydi. Buzoklarga dukkakli, yumshoq boshoqsosh oʻtlardan, choʻchqalarga qand lavlagi, sabzi, kartoshka, poliz ekinlar, makkajoʻxori soʻtasi va b. aralashmasidan, parrandalarga dukkakli oʻtlar, sabzi, qand lavlagi va b. dan tayyorlangan Silos berish tavsiya etiladi. S, asosan, qishda, qurgʻoqchil r-nlarda yezda beriladi.

Silos bostirishda koʻk poya silos kombayni yordamida oʻriladi, 2—4—7 sm uzunlikda maydalanadi, soʻng silos inshootlariga joylanadi. Bostirilgan Silos ogʻir traktorlar bilan zichlanadi, ustiga polietilen plyonka yopilib, keyin 30—35 sm qalinlikda tuproqbn koʻmiladi. Toʻgʻri tayyorlangan Silosning ozuqalik qimmati va vitaminlar deyarli toʻla saqlanib qoladi. Silos bostirish texnikasi buzilsa (aynissa, zich bostirilmasa), aerob mikroorganizmlar jadal rivojlanadi, ozuqa oʻz-oʻzidan tez qiziydi; ozuqalik qimmati keskin pasayadi.

Silos ochilgach, kundalik ratsionga loyiq miqdori olinib, soʻng darhol usti zich yopib qoʻyilishi lozim. Aks holda havo taʼsirida oksidlanish jarayoni boshlanib, ozuqa sifati buziladi. Sogʻiladigan va soʻqimga boqiladigan qoramollar ratsionida Silos toʻyimlilik boʻyicha 50% gacha, choʻchqalar ratsionida 20% gacha boʻlishi mumkin. Katta yoshdagi krramollarga 1 kunda oʻrtacha 15—20 kg, otlarga 10—12 kg, qoʻylarga 3—4 kg beriladi.

Goʻzal Ishimova, Roʻzimat Hamroqulov.


Lotin alifbosida maqola: SILOS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOGʻ
YER
OʻSIMLIK MOYLARI
VITAMINLAR
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты