SINAPSLAR

SINAPSLAR (yun. synapsis — ulanish, tutashish) — nerv hujayralari (neyronlar)ning oʻzaro va ijrochi organlar hujayralari bilan tutashgan joyi. Sinapslar signallarni impulyelarga aylantiradi va uzatadi. «Sinapslar» terminini birinchi boʻlib ingliz fiziologi Ch. Sherrington neyronlararo aloqani tushuntirish uchun qoʻllagan (1897). Sinapslar yordamida neyronlar birbiri bilan bogʻlanadi. Natijada nerv sistemasining aktivligi va bosh miyaning integrativ faoliyati kuchayadi. Sga sinaptik uchlar, ikki hujayra oraligʻidagi sinaptik tirqish (bu 200 A, baʼzi Sinapslarda 1000 A va undan ortiq) va sinaptik uchlarga tegib turuvchi hujayra qismi kiradi. Neyronlararo Sni, odatda, bir nerv xujayrasi aksonining tarmoklari va tana, dendritlar yoki boshka neyron aksoni vujudga keltiradi; hujayralar oraligʻida Sinapslar tirqishi boʻlib, bu tirqish orqali qoʻzgʻalish mediatorlar (kimyoviy S), ionlar (elektr S.) yoki ikkalasi (aralash Sinapslar) yordamida uzatiladi. Sinapslar funksional ahamiyatiga koʻra, hujayra faoliyatini aktivlashtiradi yoki tormozlaydi. Elektrotonik Sinapslarda quyi molekulyar birikmalar bir hujayra sitoplazmasidan ikkinchisiga toʻgʻridantoʻgʻri oʻtish imkoniyatiga ega. Elektrotonik Sinapslar signallarning tez va oʻzgarmasdan, kimyoviy Sinapslar esa fakat bir tomonga uzatilishini taʼminlaydi. Hujayrani tormoz holatiga olib keladigan Sinapslar xam bor. Bular tormozlovchi Sinapslar deb ataladi va shular yordamida qoʻzgʻalgan holat goʻyo «yoʻqotiladi». Bu b-n nerv hujayralari oʻta qoʻzgʻalishdan saqlanadi. Hujayralar oʻrtasidagi sinaptik aloqa nerv hujayralarining funksional birlashishida, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining yoʻnalishini, shuningdek, organizmning taʼsirlovchiga nisbatan boʻlgan reaksiyasini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.


Lotin alifbosida maqola: SINAPSLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MARKAZII NERV SISTEMASI
NERV SISTEMASI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
HUJAYRA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты