SINODIK AYLANISH DAVRI

SINODIK AYLANISH DAVRI (yun. synodos — birikish, yaqinlashish) — Quyosh sistemasidagi biror sayyoraning oʻz orbitasi boʻylab harakatlanib, Yerdan kuzatilayotganda Quyoshga nisbatan avvalgi holatiga qaytishigacha oʻtgan S vaqt. Siderik aylanish davri yoki yulduz davri T, Yerning Quyosh atrofini bir marta toʻla aylanib chiqishida oʻtgan vaqt (yulduz yili) (Gk) va Sinodik aylanish davri orasidagi oddiy matematik bogʻlanishni quyidagicha keltirib chiqarish mumkin. Sayyoraning sutkalik burchak siljishi 360°/T ga, Yerniki esa 360°/ʻGʻ ga teng.

Sayyora va Yer (yoki Yer va sayyora)ning burchak siljishlari farqi sayyoraning sutkalik koʻrinma burchak siljishini beradi. Bundan tashki sayyoralar uchun harakat tenglamalar topiladi. Bevosita kuzatishlardan sayyoraning faqat sinodik davrigina topilishi mumkin. Uning siderik davri esa yukrridagi tenglamalar yordamida topiladi.


Lotin alifbosida maqola: SINODIK AYLANISH DAVRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
VAQT
QUYOSH SISTEMASI
OY
QUYOSH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты