SINTAGMA

SINTAGMA (yun. syntagma — qandaydir birikkan, birga qoʻshilgan narsa) — 1) ogʻzaki nutq yoki yozilgan matndan tegishli ran doirasida muayyan intonatsionmazmuniy birlik sifatida ajratib olinadigan boʻlak, parcha. Ushbu maʼnoda Sintagma bir soʻzdan, soʻzlar guruhidan va bir butun gapdan iborat boʻlishi mumkin. Ayrim tadqiqotlarda Sintagma bilan soʻz birikmasini tenglashtirish hollari ham uchraydi. Lekin nutq jarayonini kuzatish S. va soʻz birikmasi aynan bir narsa emasligini, har doim ham birbiriga teng kelavermasligini koʻrsatadi. Mas, «Biz, yoshlar, mustaqil vatanimizni sevamiz» gapida 3 ta Sintagma va 2 ta soʻz birikmasi mavjud. Minimal intonatsionmazmuniy birlik boʻlgan Sintagmalar gapning ritmik guruhlarini tashkil etadi, yaʼni gapda qancha ritmik guruh boʻlsa, shuncha Sintagma boʻladi. Gapni Sintagma larga boʻluvchi asosiy vositalarga nutq melodikasi, tezligi, maromi, pauza, soʻz urgʻusi kabilar kiradi. Sintagma qismlarining biri (koʻpincha, oxirgisi) bosh urgʻu (mantiqiy urgʻu)ga ega boʻladi va bu qism Sintagmaning intonatsion markazini tashkil qiladi. Sintagmalar uning tarkibidagi soʻzlarning oʻzaro aloqasiga koʻra (predikativ S, atributiv S, relyativ S, obyektiv S); gapda tutgan oʻrniga koʻra (tugallanma S, boshlanma S); ularning intonatsion zanjirini shakllantirish turiga kura (tugallangan S, tugallanmagan S, kirish S, zidlovchi S, izoxlovchi Sintagma) tavsiflanadi;

2) aniklovchi — aniqlanmish aloqasi bilan bogʻlangan ikki yoki undan ortiq til birliklarining izchilligi; soʻzlar izchilligi (tashqi Sintagma) va morfemalar izchilligi (ichki Sintagma) oʻzaro farutnadi. Mas, «uycha» birligi ichki Sintagma boʻlib, undagi «uy» — aniqlanmish, «cha» esa aniklovchi qismdir; «kichkina uy» birligi esa tashqi Sintagma boʻlib, «uy» — aniqlanmish qism, «kichkina» — aniklovchi qismdir. «Sintagma» terminini ushbu maʼnoda dastlab shveysariyalik olim F. D. Sossyur qoʻllagan.

Ibodulla Mirzayev.


Lotin alifbosida maqola: SINTAGMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XALQ IJODI
URGʻU
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты