SIRDARYO

SIRDARYO — Oʻrta Osiyodagi eng uzun va Amudaryoʻtn keyingi eng sersuv dare. Sirdaryo turli nomlar bilan atalgan. Kddim yunon tarixchilarining asarlarida Yaxartes (Yaksart), baʼzan, Tanais, zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoda Danu, xitoy transkripsiyasida Yaosha, 10-a. da yozilgan geografik asar — «Xudud ulolam»da Xashart, runiy (turkiy) yozuvlarida Yenchuoʻgiz, Firdavsiyning «Shohnoma»sida va Hamdulloh Qazviniyning «Nuzhat ulQulub» asarida Gulzarriyun, arablar kelgandan keyingi koʻpgina solnomalarda Sayxun, arab geograflaridan Ibn Xurdodbeh asarlarida (9—10-a. lar) Xashart va Qanqar, Beruniy asarlarida Xasart shakllarida tilga olingan. Ayni vaqtda u qaysi yerdan oqib oʻtishiga qarab Obi Fargʻona (yoki Fargʻona daryosi), Oʻzgan daryosi, Obi Xoʻjand (Xoʻjand suvi), Nahr oshShosh (Shosh daryosi), Banokat daryosi deb ham atalgan.

«Sirdaryo» atamasi dastlab Rim tarixchisi Pliniy asarida (mil. 1-a.) «Silis» shaklida uchraydi. «Silis» yoki «Sir» soʻzi bu daryo atrofida yashagan qabila nomidan olingan boʻlsa kerak.

Fargʻona vodiysining sharqiy chekkasida, Baliqchi qishlogʻi yonida Norin daryosi bilan Qoradaryo qoʻshilgan joydan Sirdaryo deb ataladi. Oʻzbekistonning Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Sirdaryo viloyati, Tojikistonning Sugʻd viloyati va Qozogʻistonning Jan. Qozogʻiston va Kiziloʻrda viloyatlari boʻylab avval gʻarb, jan. gʻarb tomon, soʻngra esa shim., shim. gʻarbga oqib borib, Orol dengiziga quyiladi.

Uz. 2272 km, Norin daryosining boshlanish joyidan —3018 km. Daryo havzasining maydoni taxm. 462000 km2, uning asosiy suv hosil boʻladigan qismi esa 219000 km2.

Sirdaryo havzasining togʻli qismida Oqshiyraq, Boʻrqoʻldoʻy, Otboshi, Olay, Turkiston va Nurota tizmalari boʻylab, shim. da esa Terskay Olatovi boʻylab oqadi. Tizmalarning choʻqqilari koʻpincha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi. Bu tizmalarda 1600 dan ortiq muzlik boʻlib, ularning umumiy mayd. 2200 km2dan ziyodroq. Yoz oylarida erib ulgurmagan qorlik ham koʻp.

Fargʻona vodiysida Sirdaryoning oʻzani nisbatan chuqur, qayiri ham ancha pastda joylashgan. Fargʻona vodiysidan chiqaverish yerida (Bekobod sh. dan 4 km yuqorirokda) Sirdaryo Farhod GES uchun qurilgan toʻgʻon bilan toʻsilgan. Yilning koʻp qismida daryo suvi ana shu GESga suv beradigan Farhod kanali orqali oqadi. Bekobod sh. dan quyirokda kanaddagi suvning bir qismi yana qaytadan daryoga quyiladi. Boshqa bir qismi esa «Doʻstlik» kanali orqali Mirzachoʻl yerlarini sugʻorishga sarf boʻladi. Farhod GES toʻgʻonidan yuqorida daryo oʻzanida kattagina Farhod suv ombori barpo etilgan.

1956-y. Xoʻjand sh. dan 12 km yuqorida, Sirdaryo oʻzanida Qayroqqum suv ombori va «Xalqlar doʻstligi» GES qurildi. Fargʻona vodiysi qismida Sirdaryoga juda koʻp irmoqkelib quyiladi. Ulardan eng yiriklari oʻng tomondan — Chatqol va Qurama togʻ tizmalaridan oqib keladigan Pochchaotasoy, Kosonsoy, Gʻovasoy, Chodaksoy, chap tomondan — Olay va Turkiston togʻ tizmalaridan suv oladigan Isfayramsoy, Shohimardonsoy, Soʻx, Isfara, Xoʻjabaqirgʻon va Oqsuv. Bu irmoqlar baland togʻlardan oqib tushadigan kichik, lekin. juda nishab oqadigan togʻ daryolaridir. Ularning uz. 80—160 km, suv toʻplash mayd. 400—2500 km2, oʻrtacha yillik suv sarfi esa 10—15 m3/sek., Soʻx daryosiniki esa 40 m3/sek. dan bir oz ortiq. Suvi kam boʻlishiga qaramay bu daryolar Fargʻona vodiysidagi yerlarni sugʻorishda muhim ahamiyatga ega. Fargʻona vodiysidan chiqqandan soʻng Sirdaryoga chap tomondan hech qanday irmoq qoʻshilmaydi, oʻng tomondan esa unga Ohangaron, Chirchiq, Keles va Aris daryolari kelib quyiladi. Sirdaryoning bu irmoqlari ham, ayniqsa, Chirchiq bilan Aris daryolari togʻdan oqib keladi. Togʻlardan chiqaverish yerida Chirchiqdaryosining oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 227 m3/sek., Aris daryosiniki 65 moʻsek. Ohangaron daryosiniki 23 m3/ sek. Togʻlardan tekisliklarga chiqishi bilan daryolarning suvlari kanal va ariqlar orqali sugʻorishga olinadi. Ularning faqat sugʻorishdan orttan suvlarigina Sirdaryoga kelib quyiladi. Oʻrta hisobda Sirdaryo su~ vining 78% Norin suvidan, qolgan 22% Qoradaryo suvidan tashkil topadi.

Togʻlarning pastki qismidagi mavsumiy qorlar eriydigan apr. oyidan suv keskin koʻpaya boshlaydi, bu koʻpayish iyun oyining oxirlariga qadar davom etadi. Iyun oyida eng koʻp mikdorda (yillik suv miqdorining 17%idan ziyodroq qismi) oqib oʻtadi, iyuldan boshlab, yanv., fev. oylarigacha daryoning suvi kamaya boradi. Kam suv oqish davri okt. oyidan may oyi oxirlariga qadar davom etadi, bu davrda oʻrtacha oylik suv mikdori 5—6% ni tashkil etadi. Eng koʻp suv sarfi may—iyun oylariga, eng kam suv sarfi esa yanv. — fev. oylariga toʻgʻri keladi.

Koʻp yillik (1910—75) kuzatishlarga qaraganda, Fargʻona vodiysidan chiqaverish yerida (Bekobod sh. yaqinida) Sirdaryoning oʻrtacha yillik suv sarfi 278 — 1080 m3/sek. orasida oʻzgarib turadi, oʻrta hisobda esa u 568 m3/sek. ga (yoki yiliga kariyb 18 mlrd. m3ga) teng. Ohangaron va, ayniqsa, Chirchiq irmoqlarining sugʻorishdan ortgan suvlari qoʻshilgandan soʻng, Sirdaryoning suvi anchaga koʻpayadi. Koʻkbuloq kuzatish st-yasi yonida (Chirchiq daryosi qoʻshilgan joydan 27 km quyida) daryoning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 724 m3/sek. yoki yiliga 23 mlrd. m3ni tashkil etadi. Koʻkbuloqsan oʻtgach, Sirdaryo keng oʻzanda yoyilib, osoyishta oqadi, shuning uchun suvi koʻproq bugʻlanishga va qisman sugʻorishga sarflanadi. Natijada daryo suvi etagigatomon kamaya boradi. Qiziloʻrda sh. ga borganda daryoning oʻrtacha suv sarfi 673 m3/ sek. ga, Gʻazali sh. ga yetganda 492 m3/sek. ga va nihoyat, Orol dengiziga borganda 420 m3/sek. ga tushib qoladi.

Sirdaryoning eng koʻp suv sarfi Bekobod sh. yaqinida koʻpincha 1500-2000 m3/ sek. oʻrtasida boʻladi, eng koʻp suv sarfi 3340 m3/sek. ga yetgan yillar ham boʻlgan (1934-y. 17-iyunda). Eng kam suv sarfi 150 m3/sek., hatto undan ham kamroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysidan chiqish yeridan Chirchiq daryosi kelib quyilgan joyga qadar Sirdaryo kengligi 15 km gacha boʻlgan keng vodiyda oqadi.

Daryoning qirgʻoqlari yotiq, qayiri keng. Shu sababdan kam suvli yillarda daryo eni 0,3—0,5 km boʻladi, sersuv yillarda esa ayrim joylarda 5—7 km, hatto 11 km ga qadar toshib chiqadi.

Daryo oʻzani egribugri va koʻp joylarda orollar hosil qilib, tarmoqlarga ajralib ketgan. Yumshoq jinslardan tuzilganligi sababli daryo qirgʻoqlari koʻpincha oʻpirilib tushib, jarlik tusini olgan. 1964-y. da Sirdaryoning bu qismida (Chordara qishlogʻi yonida) katta toʻgʻon qurilib, Chordara suv ombori barpo etilgan. Suv ombori yonida quvvati 100 ming kVt ga teng boʻlgan GES ham qurilgan. Toʻmenariq qishlogʻidan quyida daryoning irmoklari pasaya bo~ rib, delta qismiga kelganda (Gʻazali sh. dan oʻtgandan soʻng) deyarli suv sathi bilan tenglashib qoladi. Qiziloʻrda sh. dan bir oz yuqorirokda Sirdaryoda suv koʻtargich toʻgʻon qurilgan. Bu toʻgʻon daryoning oʻng va chap sohillaridagi sugʻorish kanallariga suv chiqarib beradi. Toʻmenariq bilan Jusali t. y. stansiyalari oraligʻida Sdan bir qancha tarmoklar ajralib chiqadi. Ulardan eng koʻhnasi Qizilqum choʻllari oralab ketgan Janadaryo bilan Quvondaryo tarmoqlaridir. Bir zamonlar suvga toʻlib toshgan bu tarmoqlar allaqachon qurib bitgan. Faqat keyingi yillarda ularning ayrim qismlari tozalanib, sugʻorish kanallariga aylantirildi. Koʻksuv, Chiyli, Savramboy, Chirkeyli va Qoraoʻzak tarmoklari hoz. mavjud tarmoqlardir. Bulardan engyirigi — Qoraoʻzak tarmogʻi Sdan Qoraoʻzak t. y. stansiyasi yonida ajralib chiqadi va 131 km oqib borgach, Jusali t. y. stansiyasi yonida yana Sirdaryoga qoʻshiladi. Hoz. vaqtda Qoraoʻzak daryoning bosh oʻzaniga aylangan, daryo suvining koʻp qismi shu tarmoq orqali oqadi. Qoraoʻzakdan boshqa tarmoklari ham muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Sirdaryoning quyi oqimidagi 70 ming ga dan ortiqroq yerni sugʻoradigan 400 ga yaqin ariqkanallar ana shu tarmoklardan suv oladi.

Sirdaryo ancha loyqa daryodir. Bekobod sh. yaqinida uning xar 1 m3 suvida oʻrta hisobda 2,17 kg loyqa oqiziq boʻladi (oqiziqlarning yillik miqdori qariyb 37 mln. t). Bu oqiziqlarning 72,3% mart — iyun oylarida, 20,3% iyul — sent. va qolgan 7,4% okt. — fev. oylarida oqib oʻtadi.

Fargʻona vodiysida Sirdaryo deyarli muzlamaydi. Daryoning bu qismida muzlash hodisalari, asosan, shovush oqimidan iborat boʻlib, bu hodisa oʻrta hisob bilan 10—15 kun davom etadi. Fargʻona vodiysidan chiqib, shim. ga tomon borgan sari S. ning oqish tezligi susayib, suvning yoppasiga muzlashi kamdankam sodir boʻlsa, etak qismida (Gʻazali sh. yonida) daryo 80—140 kun davomida qalin muz bilan qoplanib yotadi.

Sirdaryo va uning koʻpchilik irmogʻida qurilib ishga tushirilgan gidrotexnik inshootlar, ayniqsa, yirik toʻgʻonlar, suv omborlari, kattakatta kanallar va kollektorlar taʼsiri natijasida Sirdaryoning oqim mikdori va gidrologik rejimi ancha oʻzgardi. Mac, keyingi yillardagi kuzatish maʼlumotlariga qaraganda, Sirdaryoning oʻrtacha yillik suv mikdori Xoʻjand yaqinida 476 m3/ sek. ga, daryoning etak qismida (Gʻazali sh. yonida) esa 158 m3/ sek. ga, tushib qolgan.

Sirdaryo havzasida obikor dehqonchilik juda qadimdan mavjud boʻlgan. Lekin, 20-a. ning 2oʻn yilligigacha oʻzlashtirilgan yerlar, asosan, Fargʻona vodiysi bilan Toshkent vohasida boʻlgan. Bu yerlar Sirdaryoning Fargʻona vodiysidagi irmok/щridan suv oladigan Andijonsoy, Shaqrixonsoy, Quvasoy. Margʻilonsoy, Oltiariqsoy hamda Chirchiq va Oqangaron daryolaridan chiqarilgan Zaxariq, Qorasuv, Boʻzsuv, Tanachibuqa va Yordon kabi qad. kanal va ariqlar orqali suv olgan. 1920-y. da Sirdaryo havzasida hammasi boʻlib 1200 ming ga chamasida yer sugʻorilgan.

Sugʻoriladigan yerlar maydonini kengaytirish va ularning suv taʼminotini yaxshilash borasida keyingi 60 yil davomida katta suv xoʻjalik qurilish ishlari amalga oshirildi: Andijonsoy, Shahrixonsoy, Qorasuv va Boʻzsuv singari qad. kanallarni yangilash va kengaytirish bilan birga Sirdaryo havzasida murakkab gidrotexnik inshootlar sistemasiga ega boʻlgan Katta Fargʻona, Shim. Fargʻona, Jan. Fargʻona, Katta Andijon kanallari, Oxunboboyev nomli kanal kabi oʻnlab yirik va yuzlab kichiroq ariqkanallar qazildi. Natijada Sirdaryo havzasidagi ariqkanallarning umumiy uz. qariyb 65 ming km ga yetdi. Bu kanallarga muttasil suv berib turish uchun Sirdaryo va uning irmoklarida juda koʻp toʻgʻon va gidrotugunlar qurilgan. Norin daryosidagi Uchqoʻrgʻon, Qoradaryodagi Kampirravot, Teshiktosh, Kuyganyor, Sirdaryo dagi Farhod Qiziloʻrda va Gʻazali gidrouzellari shular jumlasidandir.

Yildan yilga tobora koʻproq yerlar sugʻorilishi natijasida ayrim pastqam joylarni shoʻr va botqoq bosa boshladi. Ana shunday joylarning zaxini qochirish va yigʻilgan sizot suvlar bilan sugʻorishdan ortgan partov suvlarni daryolarga tashlash maqsadida Sirdaryo havzasida 300 dan ortiq kollektor va zovurlar ham qazilgan (32 ming km). Eng yirik kollektorlar Shim. Bagʻdod, SoʻxIsfara, Sarijoʻga, Sariqsuv, Yozyovon, Ulugnor, Zambarkoʻl, Shoʻrkoʻl, Asaka, Shoʻroʻzak, Markaziy Mirzachoʻl va Qorasuv. Suv xoʻjaligi sohasida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida (1970-y. lar oxirida) Sirdaryo havzasida sugʻorilayotgan yerlar mayd. 2,4 mln. ga dan ortib ketdi (2001-y. da 2887 ming ga).

Sirdaryo havzasidagi sugʻoriladigan yerlarda, asosan, paxta ekiladi. Shuningdek, don, sabzavot, meva va poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Norin daryosida ulkan Toʻxtagʻul suv ombori, Qoradaryoda Andijon suv ombori, Chirchiqda Chorvoq suv ombori, Sirdaryoda Qayroqqum suv ombori qurildi, Katta Namangan va Qizilqum kanallari kabi magistral sugʻorish kanallari qazildi.

S, ayniqsa, uning baland togʻlardan oqib tushadigan irmoklari katta gidroenergetika zaxirasiga ega. Ularning umumiy potensial gidroenergetika zaxirasi kariyb 22 mln. kVt. Bu havzada 63 GES qurilgan. Ularning umumiy quvvati 2,8 mln. kVt.

Sirdaryo va uning irmoqlari koʻplab qishloq va shaharlarni, Fargʻona vodiysi, Toshkent, Chirchiq, Bekobod va Kiziloʻrda kabi shaharlardagi yirik z-d va f-kalarni, koʻp sonli sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlaydi.

Daryoning uning qayirida qoldiq oʻzanlar oʻrnida hosil boʻlgan koʻpgina koʻllar bilan birgalikda Oʻzbekiston va Jan. Qozogʻistonda baliqchilikning rivojlanishidagi ahamiyati ham katta. Bu sohada, ayniqsa, Sirdaryoning quyi oqimi va, shuningdek, Bekobod, Dalvarzin va Arnasoy atrofidagi koʻllar muhim, Sirdaryoning quyi qismi baliqchilikda alohida oʻrin tutadi, u ilgari Orol dengizida ovlanadigan osyotr, moybaliq, soʻvyan, toʻrta baliq, sazan va vobla kabi qimmatbaho baliklarning asosiy urchish joylaridan biri edi. Sirdaryoda 40 dan ortiq baliq turi yashaydi.

Ad: Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Zaxidov A. 3., Vodoxozyaystvennыye sistemы Sredney Azii, T., 1971.


Lotin alifbosida maqola: SIRDARYO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BERUNIY
IBN SINO
SHOHNOMA
RIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты