SHAYX ZAYNIDDIN BOBO MAQBARASI

SHAYX ZAYNIDDIN BOBO MAQBARASI — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (13—14-a. lar). Rivoyatlarga koʻra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (13-a.)ga atab barpo qilingan (q. Zayniddinbobo). Shahar hududida, qabriston oʻrtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoqgumbazli, choʻzinchoq maqbaraxonaqoxlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar — tobutxona, chillaxona (12 — 13-a. lar), oshxona, ayvonli masjid, chortoq va b. bor. Old koʻrinishi jan. sharqqa qaratilgan, koʻchadan unga qoʻshimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. Toʻrtburchak tarxli (16×18 m), bal. 20,7 m, hamma tomonlari peshtokli. Makbara markazida Shayx Zayniddin sagʻanasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning jan. gʻarbiy peshtogʻidagi yozuvga koʻra, hijriy 1339-y. da (mil. 1920 — 21) taʼmirlanib, maqbaraning eski gʻishtlari yangi gʻishtlar (26x12x6 sm) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24x24x5 sm) gʻishtdan terilgan.


Lotin alifbosida maqola: SHAYX ZAYNIDDIN BOBO MAQBARASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
TEMURIYLAR
XITOY
San'at Jalilov - Bobo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты