SIFAT ANALIZI

SIFAT ANALIZI — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; analiz qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasidagi elementlar, radikallar, funksional guruxlar va birikmalarni kimyoviy, fizikkimyoviy, fizikaviy aniklash va identifikatsiyalash usullari majmui. Sifat analizining muhim tavsifli usullari:

1) oʻziga xoslik (selektivlik) — qidirilayotgan elementni boshqa element ishtirokida aniklash usuli va

2) sezgirlik — nihoyatda oz miqdordagi elementni, yaʼni bir tomchi (0,01—0,03 ml) eritmadagi elementni aniklash. Sifat analizining hoz. usullarida sezgirlik 1 mkg ga boradi. Anorganik moddalarning klassik Sifat analizi «quruq» yoki «hoʻl» usulda olib boriladi. Sifat analizining «quruq» usuli bir oz miqdorda bura (tanakor) yoki «fosfor tuzi» (NaNH4HPO44H2O) qoʻshib tekshirilayotgan modda kukuni (odatda, metall tuzlari yoki oksidlari) qizdirilganda gaz gorelkasi alangasi rangining oʻzgarishiga va rangli shishasimon qotishmalar hosil boʻlishiga asoslangan. Sifat analizining «hoʻl» usuli makro,«yarim makro», «yarim mikro», mikro va ultramikro usullarga asoslangan (yana q. Ultramikrokimyoviy analiz, Tomchi analiz).

Suvli eritmalardagi anorganik birikmalarning Sifat analizi ion reaksiyalariga asoslangan. Sifat analizining kimyoviy usuli bilan bir qatorda fizikaviy, fizikkimyoviy usullari qam keng qoʻllanadi. Bu usullar tekshirilayotgan moddalarning optik, elektr, magnit, issiklik, katalitik, adsorbsion va b. xossalarini oʻrganishga asoslangan (q. Spektram analiz, Polyarografiya).

Ad.: Mirkomilova M., Analitik kimyo, T., 1996.


Lotin alifbosida maqola: SIFAT ANALIZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
ANALITIK KIMYO
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты