SHAMOL

SHAMOL — atmosferada havoning yer sirtiga nisbatan gorizontal harakati. Harakatning gorizontal tashkil etuvchisi Shamol sifatida tasavvur qilinadi. Baʼzan, gorizontal Shamolga nisbatan ancha kucheiz vertikal Sh. qam boʻladi. Kuchli vertikal Shamol ayrim hollardagina, mas, konveksiya kuchli taraqqiy etgan bulutlarda yoki togʻlarda — havo togʻ yon bagri boʻylab pastga harakat qilgandagina vujudga keladi. Shamol bosim gorizontal yoʻnalishda notekis tarqalgan paytda atmosferalagi traning har xil boʻlishi oqibatida paydo boʻladi. Shamol tezligi va yoʻnalishi bilan ifodalanadi. Yer yuzasidagi Shamol tezligi maxsus asboblar (mas, anemometr), erkin atmosferada esa ucharshar (radiozond) yordamida aniklanadi. Shamol tezligi m/sek, m/soat, yoʻnalishi esa flyuger, vimpel, shamol konusi va b. yordamida aniklanadi. Shamolning qaysi tomondan esgani azimut bilan koʻrsatiladi. Shamol yoʻnalishi gradus yoki rumbalar bilan ifodalanadi. 5—8 m/sek tezlikdagi Shamol oʻrtacha, 14 m/sek tezlikdagi Shamol esa kuchli hisoblanadi; 20—25 m/sek tezlikdagi Shamol dovul (shtorm), 30 m/sek tezlikdagi Shamol boʻron (uragan), uning birdaniga 20 m/sek gacha keskin kuchayishi qasirgʻa (shkal) deyiladi. Tropik siklonlarda ayrim qattiq Shamol larning tezligi 100 m/ sek gacha yetishi mumkin. Troposferadaы yuqori koʻtarilgan sari Sh. tezligi kuchayadi, 8—10 km balandlikda 60—70 m/ sek dan xam ortib ketadi. Havo oqimi turbulentligi tufayli har doim Shamol tezligi va yoʻnalishi oʻzgarib turadi. Yer yuzasida baʼzan butunlay Shamol boʻlmay sukunat (shtil) yuz beradi. Shamol tezligi va yoʻnalishi kecha va kunduzga ham boklik. Kechasi Sh. tezligi yer sirtida eng kichik boʻlishi, kunduzi peshindan keyingi paytlarda esa eng yuqori qiymatga erishishi mumkin. Shamolning yil mobaynidagi tabiati atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va maqalliy sharoitiga bogʻliq boʻladi. Mahalliy Sh. oʻsha joyning mahalliy atmosfera sirkulyatsiyasiga, joyning relyefiga va b. omillarga bogʻliq (q. Mahalliy shamollar).


Lotin alifbosida maqola: SHAMOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HARAKAT
OKEAN
ATMOSFERA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты