SHAMOL TEGIRMONI

SHAMOL TEGIRMONI — shamol oqimining kinetik energiyasidan foydalanishga asoslangan qurilma (inshoot). Don yanchish va suv chikarish uchun moʻljallab quriladi. Dastlabki Shamol tegirmoni mil. av. 2 — ]a. da Misr va Xitoyda paydo boʻlgan. U inson kuli bilan yasalgan birinchi mexanik dvigatel hisoblangan. Shamol tegirmoni korpus, toʻrt yoki olti parrakli galdi rak (baraban), shamol dvigateli, tegirmon toshi, dvigateldan toshga harakat uzatuvchi oraliq mexanizmlardan iborat. Shamol tegirmoni korpusi, parraklari, dvigatellari, oraliq mexanizmlari, asosan, pishiq yogʻochdan yasalgan. Parrakli gʻildirakning diametri 15—24 m boʻladi. Suv tegirmoni va elektr tegirmon paydo bulganidan keyin ham (q. Tegirmon) ayrim joylarda Shamol tegirmoni oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Shamol tegirmoni, asosan, shamol kuchli esib turadigan hududlarda qurilgan. Shamol uncha kuchli esmaydigan, ammo suv serob boʻlgan joylarda, mas, Markaziy Osiyoda suv tegirmonlari qurilgan (Sh. t. faqat Qozogʻistonning shim. hududlarida bor, Oʻzbekiston hududida suv tegirmonlari qurilgan, Shamol tegirmoni yoʻq).


Lotin alifbosida maqola: SHAMOL TEGIRMONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Feruza Karimova - Galin galdi
XITOY
YER
MISR
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты