SHARAFIDDINOV Ozod Obidovich

SHARAFIDDINOV Ozod Obidovich (1929.1.3, Qoʻqon sh. Oxunqaynar qishlogʻi) — adabiyotshunos olim, tanqidchi. Oʻzbekiston Kahramoni (2002). Filol. fanlari nomzodi (1954), prof. (1979). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1951). ToshDUning oʻzbek filologiyasi ftida dotsent, prof. (1955 — 95), «Tafakkur» jur. da bosh muharrir oʻrinbosari (1996—97), «Jahon adabiyoti» jur. bosh muharriri (1997-y. dan).

Sharafiddinov 20-a. ning 60y. laridan adabiyotshunos sifatidatanilgan. «Zamon. Qalb. Poeziya» (1962) kitobida adabiy asarlarni badiiylik qonuniyatlari nuqtayi nazaridan tadqiq etgan. Uning tadqiqotlari adabiyotni milliy gʻoyalar va adabiy qonuniyatlar asosida tahlil qilishga bagʻishlangan. «Adabiy etyudlar» (1968) kitobida ijodkor shaxsi va uning badiiy asardagi oʻrni masalalari talqin qilingan. «Yalovbardorlar» (1974), «Isteʼdod jilolari» (1976) toʻplamlariga kiritilgan ilmiy maqolalari adabiy ijoddagi anʼanalar, mumtoz adabiyotni oʻrganish vositalari va jahon adabiyotini oʻrganish muammolari haqida. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida milliy va jahon adabiyoti anʼanalarini uygʻun qabul qilish tamoyillarini boshlab berdi.

Sharafiddinov «Birinchi moʻjiza» (1979), «Talant — xalq mulki» (1979), «Adabiyot — hayot darsligi» (1980), «Hayot bilan hamnafas» (1983), «Goʻzallik izlab» (1985) asarlarida oʻzbek sheʼriyati, nasri va tanqidchiligining muqim muammolarini yoritgan.

Sharafiddinovning munaqqidlik faoliyatida 2 davr koʻzga tashlanadi. Birinchi davr shoʻro totalitar tuzumida kechgan boʻlib, unda adabiyotni totalitar mafkura gʻoyalaridan himoya qilish, adabiy qonuniyatlar asosida tadqiqotlar olib borish muammolari tadqiq etilgan («Zaharxanda qahqaha», 1962; «Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi», 1979; «Yurtin madhi boʻldi soʻnggi satri ham», 1979; «Sheʼr koʻp, ammo shoirchi?», 1983). Ikkinchi davr munaqqid faoliyatida asosiy davr boʻlib, u istiqlol yillaridagi ijodini qamrab oladi. Bu davrda Sharafiddinov milliy adabiyotni shakllantirish muammolari, oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligini qayta qurish, jahon adabiyoti anʼanalarini oʻzlashtirish hamda tarjima sanʼatini yuksaltirish masalalarini tadqiq etgan («Bir tilda gaplashaylik», 1987; «Magʻzi puch soʻzlardan bir tosh nari qoch», 2000; «Qaydasan, Moriko», 2002).

Sharafiddinov oʻzbek adabiyotini jahon adabiyoti bilan uygʻun tarzda oʻrganish anʼanasini boshlab bergan. Sharafiddinovning «Istikdol fidoyilari» (1993), «Sardaftar sarlavhalari» (1999), «Maʼnaviy kamolot yoʻllarida» (2001) kitoblarida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Usmon Nosir, Abdulla Qahhor, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Maqsud Shayxzoda, Otajon Hoshimov ijodi yangicha nuqtayi nazardan tahlil etilgan. «Choʻlponni anglash» (1993) asarida esa yangi oʻzbek tanqidchiligi 20-a. da bosib oʻtgan murakkab yoʻlni talqin, tahlil qilgan, koʻplab munaqqidlar ijodi, estetik prinsipini Choʻlpon ijodiga munosabat nuktai nazaridan yoritgan. Sharafiddinov «20asr oʻzbek adabiyoti tarixi» oʻquv dasturi (1997), «20asr oʻzbek adabiyoti» (1999) darsligi mualliflaridan.

Sharafiddinov ijodining choʻqqisi «Ijodni anglash baxti» (2004) kitobidir. Unda oʻzbek adabiyotiiing jahon adabiy jarayonida tutgan oʻrni va ilmiymaʼnaviy oʻzanlari tadqiq etib berilgan.

Sharafiddinov tarjima sanʼatiga tanqidchilik konsepsiyasini olib kirdi. L. Tolstoyning «Iqrornoma», P. Koeloning «Kimyogar», A. Sevelaning «Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman» asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1970), «Mehnat shuhrati» (1997), «Buyuk xizmatlari uchun» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

Ac: Mohiyat va muhabbat, T., 1994; Sardaftar sahifalari, T., 1999; Maʼnaviy kamolot yoʻllarida, T., 2001; Dovondagi oʻylar, T., 2004; Ijodni anglash baxti, T., 2004.

Ad.: Adiblar, arboblar, jurnalistlar, T., 1999; Rasulov A., Isteʼdod va eʼtikrd, T., 2002.


Lotin alifbosida maqola: SHARAFIDDINOV Ozod Obidovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Ozod Sharafiddinov (1929-2005)
FRANSIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TARIX
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты