SLANESLAR

SLANESLAR — turli xil tarkibdagi metamorfik togʻ jinslari. Tarkibiga kiruvchi jinslar deyarli parallel holda joylashgan choʻziq yoki varaqsimon minerallar majmuidan iborat boʻlgani uchun yupqa varaqlarga oson ajraladi. Regional metamorfizm darajasiga koʻra, Slaneslar 2 yirik guruhga ajratiladi: kuchsiz metamorflashgan togʻ jinslari — gilli Slaneslar va chuqur metamorflashgan kristalli S. Gilli Slaneslar koʻproq gilli minerallar, gidroslyudalar, baʼzan montmorillonitdan tarkib topgan boʻladi. Kristalli Slaneslar orasida tarkibidagi minerallar (slyudalar, amfibollar, dala shpatlari va kvars)ga koʻra, slyudali Slaneslarga (biotitli, muskovitli, baʼzan paragonitli) ajratiladi; bu Slaneslarda dala shpatlari va kvarsning ortishi bilan gneyslarga, amfibolitli Slaneslarda amfibolshyalarga aylanadi. Baʼzan kristalli Slaneslar tarkibidagi nisbatan kam uchraydigan mineral nomi bilan ataladi: granitli, stavrolitli, kainitli Slaneslar va h. k. Fillitlar, xloritli Slaneslar va yashil Slaneslar gilli va kristalli Slaneslar oraligʻidagi togʻjinslaridir, yuzaroq chuqurliklarda yashilslanes fatsiya deb ataladigan sharoitda metamorfizmga uchragan, ularning tarkibida, slyudalardan tashqari, yashil rangli minerallar (xlorit, epidot va turli amfibollar) koʻp. Yashil Slaneslar choʻkindi va vulkan jinslaridan hosil boʻladi. Mukammal qavatqavatlangan gilli Slaneslar tomlarni yopishda ishlatiladi. Gneyslarga yaqin boʻlgan kristalli Sdan kurilish materiali, olovbardosh mahsulotlar i. ch. da xom ashyo sifatida foydalaniladi. Organik moddalar b-n boyigan gilli Slaneslar yonuvchi slaneslar sifatida qoʻllaniladi. Qora rangli va tarkibida vanadiy, fosfor, bor kabi mikroelementlar boʻlgan S. qishloq xoʻjaligida tabiiy oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonning Zirabuloq, Ziyovuddin, Nurota, Qizilqum, Sulton Uvays togʻlarida S. keng tarqalgan. Slaneslarni oʻrganish ular bilan bogʻliq foydali kazilmalarni topishga imkon beradi.


Lotin alifbosida maqola: SLANESLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI
TOGʻ JINSLARI TUZILISHI
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты