SMIT

SMIT (Smith) Adam (1723.5.6, Kerkoldi, Shotlandiya — 1790.17.7, Edinburg) — shotlandiyalik ingliz iqtisodchisi, klassik siyosiy iqtisod maktabining taniqli vakili. Glazgo va Oksford un-tlarida oʻqigan. Glazgo untida prof. (1751—63). 1778-y. da Edinburgda bojxona komissari, 1787-y. da Glazgo un-ti rektori. 1759-y. da bosilib chiqqan «Axloqiy hissiyotlar nazariyasi» kitobi axloq, xulq qoidalariga bagʻishlangan. 1776-y. da eng asosiy iqtisodiy asari «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot» nashr etiddi. Asar 5 kitobdan iborat. Asardaoʻshadavrdagi mavjud boʻlgan jami iqtisodiy qarashlar yagona tartibga keltirildi, siyosiy iktisod fani iqtisodiy bilimlar tizimiga aylandi. Smit fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaatini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, «koʻrinmas qoʻl» uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. «Koʻrinmas qoʻl» — bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Smit foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. S qarashlarida kapitalistam jamiyat tabiiy tuzum; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i. ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daromad (foyda, ish haqi, renta) ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. Smit qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i. ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydo boʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi.

Smit nuqtayi nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Smit daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid xarajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylik oʻsishiga bevosita boglik boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. Smit iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. Smit xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import xarajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblangan («mutlaq afzallik tamoyili»).

Smitning taʼlimoti keyingi iqtisodiy tafakkur rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi (asosiy asari olim hayotligi davrida 5-marta qayta nashr etilgan). Smitning ilmiy gʻoyalari klassik siyosiy iqtisodning asosini tashkil etadi (q. Klassik siyosiy iqtisod maktablari).

As: Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva narodov. Per. s angl., M., 1962.

Ad.: Razzoqov A. va b., Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 2002.

Abduxalil Razzoqov.


Lotin alifbosida maqola: SMIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
SHOTLANDIYA
ALISHER NAVOIY
FIZIKA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты