SOBIR ABDULLA

SOBIR ABDULLA (taxallusi; asl ism-sharifi Abdullayev Sobir) [1905.5 (18).9, Qoʻqon — 1972.24.10, Toshkent] — shoir, yozuvchi va dramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri (1965). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Dastlab eski maktab, soʻng «usuli jadid» maktabini tugatgach, Qoʻqondagi ped. bilim yurti (1922—24), Toshkentdagi mahalliy kadrlarni tayyorlash kursi (1924—26) da oʻqigan. 1926—48 y. larda «Yangi Fargʻona», «Yosh leninchi» gaz. larida adabiy xodim, «Mushtum» jur. da boʻlim mudiri, Andijon viloyat teatri, Oʻzbek davlat filarmoniyasi va Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh (1936).

Ilk sherlar toʻplami — «Erk ilhomlari» (1931). Shundan keyin uning «Navbahor» (1931), «Kuklam naʼrasi», «Zavq» (1932), «Gulshan» (1939), «Suz va soz» (1943), «Davr qoʻshiqlari» (1949), «Hayot gulshani» (1959), «Hayot qoʻshiqlari» (1962), «Devon» (1965; Hamza mukofoti, 1971) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sobir Abdullaning sheʼriy ijodi lirika, xajviyot va dostonlardan iborat. Sobir Abdulla aruz vazniga karshi kurash va umumiy badiiy ijodni mafkuralashtirish jarayoni kechgan bir davrda oʻzbek adabiyeti klassiklarining boy poetik anʼanalarini davom ettirib, mumtoz adabiyotimiz bilan zamonaviy adabiyot oʻrtasida oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtagan. Sobir Abdulla voqelikda roʻy bergan voqea va hodisalarni ifodalashda aruz vazni imkoniyatlaridan samarali foydalangan, ayniqsa, gʻazal janrida kishilarga zavqshavq bagʻishlaydigan, ulardagi ezgulik va nafosat tuygʻulariga ruhiy oziq beradigan koʻplab asarlar yozgan. Uning bastakorlar tomonidan kuyga solingan eng yaxshi gazallari oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼatining ravnaqiga muhim hissa boʻlib qoʻshiddi. Sobir Abdulla ayni paytda hajviy sheʼrlar ham yozgan. Liroepik janrlarda ham samarali ijod qilgan («Manyovr», 1931; «Oʻrtoq Yoqubova», 1934; «Katta Fargʻona kanali» tona Polvon oʻgʻli», 1940; «Gul va sanam», 1957; «Quralay koʻz bir kelinchak», 1958; «Tun va tong», 1971, dostonlar).

Sobir Abdullaning oʻzbek adabiyeti taraqqiyotiga qoʻshgan katta hissasi uning dramalaridir. «Muxbirga hujum» dastlabki pyesasi 1927-y. Qoʻqon drama truppasi tomonidan sahnaga qoʻyilgan. Shundan soʻng Sobir Abdulla «Bogʻbon qiz» (1926, doston asosida), «Boʻston» (1937) bir pardali pyesasi hamda «Tohir va Zuhra» (1939) pyesalarini yezdi. 1940-y. da ilk bor sahna yuzini koʻrgan va hanuzga qadar oʻzbek musiqiy teatrlari repertuarlarini bezab kelayotgan «Tohir va Zuhra» asari Sobir Abdulla ijodining gultojidir. Sobir Abdulla dramasi bilan Tuxtatsin Jalilovning musiqasi oʻzaro uygʻunlashgan holda sevgi va muhabbat haqidagi Sharq afsonasining «Romeo va Julyetta», «Layli va Majnun» singari jahon adabiyotining mashhur ishqiy asarlari darajasiga yaqinlashishiga imkoniyat yaratdi. Sobir Abdullaning ushbu asari asosida «Tohir va Zuxra» kinofilmi (rejissyor N. Gʻaniyev) va opera spektakli (kompozitorlar T. Jalilov va B. Brovsin) ham yaratilgan. Sobir Abdulla urush yillarida hamkorlikda «Qoʻchqor Turdiyev» (1941), «Davron ota» (1942), «Oʻzbekiston qilichi» (1943), urushdan keyingi yillarda esa zamonaviy hamda tarixiyafsonaviy mavzularda «Alpomish», «Gul va Navroʻz», «Isteʼdod», «Mening jannatim», «Hijron va vijdon» singari pyesalarni ham yozdi. Bu asarlarning aksari poytaxt va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan.

Sobir Abdullaning adabiy merosida nasriy asarlar ham salmokli oʻrinni egallaydi. Uning 1931-y. da nashr etilgan «Navbahor» toʻplamidan sheʼrlar bilan birga davrning dolzarb mavzularida yozilgan hikoyalar ham urin olgan. Sobir Abdulla nasriy janrlardagi izlanishlarini davom ettirib, «Ulfat» (1939), «Soyalar» (1963) hikoyalar toʻplamlarini eʼlon qildi. Kichik nasr janrlarida erishilgan tajriba yozuvchining «Mavlono Muqimiy» romani (1965) ustida olib borgan ijodiy ishida, ayniqsa, qoʻl keldi. S. A. Muqimiy va uning zamondoshlarini koʻrgan kishilar xotiralari asosida romanda shoir hayoti va u yashagan tarixiy davr manzaralarini haqqoniy aks ettirdi. Keyinchalik Sobir Abdulla tarixiy oʻtmish mavzuida yozilgan «Besh sarguzasht» qissasini (1971), Hamza, Gʻ. Gʻulom, A. Umariy, M. Uzoqov kabi adabiyot va sanʼat namoyandalariga bagʻishlangan xotiralarini yozdi. Sobir Abdulla «Tohir va Zuhra», «Maysaraning ishi» operalari librettosining ham mualliflaridan biri. Qoʻqon va Toshkentdagi bir necha koʻcha, maktab va kutubxonaga shoir nomi berilgan.

Ac: Asarlar [4 j. li|, 1 — 4j. lar, T., 197580.

Ad.: Abdurahmono va M., Sobir Abdulla. Hayoti va ijodi haqida ocherk, T., 1965; Ab durahm o n o va M., Zamin va zamon kuychisi, T., 1975.


Lotin alifbosida maqola: SOBIR ABDULLA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
FRANSIYA
XITOY
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты