SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKALARI ITTIFOQI, SSSR

SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKALARI ITTIFOQI, SSSR, Sovet Ittifoqi — sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922—91 y. larda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSR ni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohishirodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belorussiya (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936-y. dan ittifokdosh respublikalar — Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gruziya (Gruziya CCP)J, keyinchalik — 1925-y. Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929-y. Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936-y. Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Kirgʻiziston SSR), 1940-y. Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan.

20y. larning boshlaridan, ayniqsa, V. I. Leninning vafotidan keyin mamlakat rahbariyati orasida hrkimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Raxbarlikning avtoritar usullari karor togщi, I. V. Stalin shu usullardan foydalanib, yakkaboshchilik hokimiyati rejimini kuchaytirib bordi. 1921-y. da boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20y. larning oʻrtalarida toʻxtatilib, soʻng mamlakatni jadal industriyalash va q. x. ni zoʻrlab kollektivlashtirish (jamoalashtirish) siyosati boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasini toʻlatoʻkis oʻziga boʻysundirib oldi. (q. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi). Mamlakatni tez modernizatsiyalash va b. mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilib qoʻygan qatʼiy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijtimoiy tuzum vujudga keldi. Boshlangan ommaviy qatagʻonlar 1934-y. dan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, otildi, surgun qilindi (q. Repressiya). Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga solib qoʻyildi, bepoyon mamlakatdagi barcha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan boʻldi, oʻta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoyillar oyoq osti qilindi, sud tizimi bedodlik asosiga qurildi. 30y. larning oxirida mustabid davlatning tashqi siyosati keskin oʻzgartirildi, xalqaro jamoa xavfsizligi yoʻlidan qaytildi. 1939-y. sovetgerman bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belorussiya, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. SSSR tomonidan boshlangan sovetfin urushi (1939.30.11 — 1940.12.3) sovet imperiyasining xalqaro obroʻsiga putur yetkazdi (SSSR Millatlar ittifoqidan ch i karib yuborildi). 1941-y. Germaniya shartnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qoʻqqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5 mln. boʻlgan Oʻzbekistondan 1 mln. dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butunbutun xalklar — bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, qrim tatarlari, qorachoylar, greklar, mesxeti turklari, Volga boʻyi nemislari va b. oʻzga oʻlkalarga majburlab koʻchirildi. SSSR AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi ittifoqchilar yordamida urushda gʻolib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o. lari, Petsamo (Pechenga), Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpatye Ukrainasi va b. yerlar hisobiga mamlakat hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatagʻonlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, «vrachlar ishi», «Leningrad ishi» va b.) davom ettirildi, oʻzbekistonlik koʻpgina yozuvchi, shoir, olim va b. ziyolilar ham shu siyosat azobini tortdilar. Gʻarb mamlakatlari bilan ittifoqchilik munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum oʻrtasida «sovuqurush», qurollanish poygasi boshlandi. I. V. Stalin vafoti (1953) dan keyin boʻlib oʻtgan KPSS 20syezdi (1956) N. S. Xrushchyov tashabbusi bilan Stalin shaxsiga sigʻinishni tanqid qildi. Qatagʻon qurbonlari oklana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirishga, q. x. ni, uyjoy qurilishini, yengil sanoatni rivojlantirishga koʻproq eʼtibor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni, moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufayli ayrim yutuklarga erishildi: dunyoda birinchi atom elektr st-yasi ishga tushirildi (1954), Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi (1957), ichida kosmonavt uchuvchi boʻlgan birinchi kosmik kema (1961) uchirildi; SSSR ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xavfi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va maʼmuriybuyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash yoʻlidagi bu urinishlar izchillik bilan oʻtkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Partiya va davlatga L. I. Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964—82) davlat va jamiyat hayotida toʻrachilik avj oldi, iktisodiyotda turgʻunlik hukm surdi. A. N. Kosiginnpnt tashabbusi bilan oʻtkazilgan islohotlar toʻxtab qoldi, iqgisodiyot ekstensiv yoʻldan rivojlantirildi. Neft va gazni eksport qilishdan tushgan mablagʻning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya (1956) va Chexoslovakiya (1968) raxbariyatining islohot oʻtkazish yoʻlidagi harakatlari Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi b-n bostirilishi, Afgʻonistonga qoʻshin kiritilishi (1979) xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985-y. da hokimiyat tepasiga kelgan M. S Gorbachyov va uning tarafdorlari «qayta qurish» siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tashkilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan turib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan palapartish urinishlar mamlakatdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Milliy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol ogʻirlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar oʻz imtiyozlarini saklab qolish maqsadida 1991-y. avgust oyida Favqulodda holat davlat qoʻmitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat toʻntarishi qilishga urinib koʻrdi, ammo bu urinish barbod boʻldi.

1991-y. 8 dek. da Belorussiya, Rossiya va Ukraina rahbarlari B. N. Yelsin, L. M. Kravchuk, S. S. Shushkevich Belorussiyadagi Belaya Veja oʻrmonida bitim imzolab, SSSR tugatilishini qayd etdilar va Musgpakil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tashkil etilganligini eʼlon qildilar (1991-y. 8 dek., Minsk). Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston 1991-y. 21 dek. da Olmaotada imzolangan Deklaratsiyada MDHni tuzish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshildilar. 1993-y. Gruziya ham MDHga qoʻshildi. 1991-y. 25 dek. da SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi. Gʻayriinsoniy prinsiplarga asoslangan soxta davlat — «Kizil imperiya»ning takdiri ana shunday yakun topdi. Bu tarixiy qonuniyat edi.

Oʻzbek xalqi Oʻzbekiston Prezidenta I. A. Karimov boshchiligida mustaqillikka erishish yoʻlida olib borgan qatʼiy kurash bu jarayonda katta ahamiyatga ega boʻldi. SSSR mavjud boʻlgan yillar mobaynida Oʻzbekiston xalqi mamlakatni industriyalash, q. x. ni jamoalashtirish, ommaviy qatagʻonlar siyosati va kommunistik diktatura oʻtkazgan barcha bedodliklar, jumladan, 80y. lar oʻrtalaridagi «paxta ishi»ning butun azobuqubatlarini boshdan kechirdi.


Lotin alifbosida maqola: SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKALARI ITTIFOQI, SSSR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
GRUZIYA
LITVA
ESTONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты