SHAHRISABZ TUMANI

SHAHRISABZ TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Shim. dan Kitob tumani, sharqdan Tojikiston, Surxondaryo viloyati, jan. dan Yakkabogʻ, Qamashi, gʻarbdan Chiroqchi tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,70 ming km2. Aholisi 272,4 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shahrisabz): 1 shaharcha (Miroqi), 12 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Dukchi, Kunchiqar, Moʻminobod, Naʼmaton, Oqsuv, Toʻdamaydon, Xitoy, Shakarteri, Shamaton, Oʻzbekiston, Qutchi, Hisorak) bor. Markazi — Shahrisabz shahri Tabiati. Tuman hududi Qashqadaryo viloyatining shim. sharqiy qismida, Hisor togʻlarining etaklarida joylashgan. Tumanning gʻarbi ochiq voha — Qarshi choʻliga tutashib ketadigan tekislikdan iborat. Togʻlardan oqib tushadigan Oqsuv, Qashqadaryo, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Tamshush, Miroqi daryolari jarliklar hosil qilgan. Miroqi togʻ etaklaridan qora marmar qazib olinadi. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha tra 14,7°. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0,8°, eng past tra —26°.

Iyulning oʻrtacha t-rasi 28°, eng yuqori tra 43°. Iiliga 545 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 219 kun.

Tuproqlari boʻz, jigarrang va qoʻngʻir togʻoʻrmon tuproqlari. Yovvoyi oʻsimliklardan qoʻngʻirbosh, rang, shuvoq, oqquray, pashmak, shoʻra, bugʻdoyiq, kovrak, qargʻaoyoq, qamish, yulgʻun, yantoq, togʻ yon bagʻirlarida archa, doʻlana, togʻolcha, chinor oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, boʻri, ayiq, jayran, qoʻshoyoq, yumronqoziq, jayra va boshqalar uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 160,2 kishi. Shahar aholisi 98 ming, qishloq aholisi 174,4 ming kishi (2004).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q. x. ga ixtisoslashgan. Shahrisabz tumanida 9 qoʻshma korxona, kichik korxonalar, 1300 ga yaqin xususiy korxona, 14 shirkat korxonasi, 19 aksiyadorlik jamiyati mavjud. Q. x. ning yetakchi tarmogʻi paxtachilik. Shuningdek, gʻallachilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 18 ming ga, shu jumladan, 5,8 ming ga yerga paxta, 2,0 ming ga yerga sabzavot va poliz, 2,0 ming ga yerga beda, 0,3 ming ga yerga kartoshka ekiladi. 3,4 ming ga yer bogʻ. Tumanda 12 shirkat xoʻjaligi, 4 ta xoʻjaliklararo korxona, 478 ta fermer xoʻjaligi bor (2004). Hisorak suv ombori qurilgan. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 52,7 ming qoramol, 51,6 ming qoʻy va echki, 800 dan ziyod yilqi, 177,5 ming parranda boqiladi.

2003/04 oʻquv yilida 109 ta umumiy taʼlim maktabida 69 ming oʻquvchi taʼlim olgan. Tuman hududida 11 ta klub, 11 ta madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, muzey, 60 kutubxona tarmogʻi, 2 stadion mavjud. Tumandagi 14 ta kasalxona, 8 poliklinika, 18 ta qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 13 qishloq vrachlik punktida 775 vrach, 3,5 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Tuman hududi orqali Toshkent—Kitob poyezdi oʻtadi. Shahrisabz bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Denov oʻrtasida va Shahrisabz bilan Hazora, Shamaton, Qoraloycha qishloqlari orasida avtobuslar qatnaydi. Tumandagi asosiy meʼmoriy yodgorliklar Shahrisabzda joylashgan. 1931-yildan tuman «Kesh» gaz. nashr etiladi (adadi 2182).

Qahramon Rajabov, Alisher Vasiyev.


Lotin alifbosida maqola: SHAHRISABZ TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
XITOY
SURXONDARYO VILOYATI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты