SHAHRIXON-XOʻJAOBOD GAZNEFT KONI

SHAHRIXON-XOʻJAOBOD GAZNEFT KONI — Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi kon. Andijon shahridan 16 km jan. sharqda. 1947 yil ochilgan, 1953-yilda foydalanishga topshirilgan. Kon kenglik boʻyicha choʻzilgan Shahrixon togʻ tizmasining gʻarbiy qismida, 720-750 m balandlikda. Shahrixon va Xoʻjaobod burmalariga boʻlingan asimmetrik tuzilishga ega boʻlgan antiklinal strukturada joylashgan. Andijon burmasining gʻarb tomonida surilma amplitudasi 300—350 m ga yetadi. Konda jami 194 ta quduq qazilgan boʻlib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy erasi yotqiziqlari ochilgan. Hoz. kunga kelib kondagi 1, 3, 8gorizontlardan tashqari hamma gorizontlardan neft va gaz toʻliq chiqarib olingan. 1gorizont baqtriya seriyasining quyi qismida 380—720 m chuqurlikda ochilgan. Asosan, turli oʻlchamli qumtoshlardan tuzilgan, konglomerat, alevrolit, gil qatchalari bilan qavatlanadi. Neft uyumi chegarasida gorizont qalinligi 30—40 m. 3gorizont sumsar qatlarining yuqori qismidagi gil jinslar ichida joylashgan mayda zarrali qumtoshlardan tarkib topgan. Kalinligi 16—25 m, foydali qalinlik 7—10 m. 3gorizontdagi qatlam suvlarining minerallashganlik darajasi 6,9—56,7 g/l, xlorkalsiy tipga mansub. Tarkibida mikrokomponentlardan yod 2,7—13,3 mg/l, brom 1,5—2 mg/l. Kondan hoz. kunda foydalanilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: SHAHRIXON-XOʻJAOBOD GAZNEFT KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ANDIJON VILOYATI
YAPONIYA
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты