SOLIQLAR

SOLIQLAR — davlat tomonidan amaldagi qonunlar asosida yuridik va jismoniy shaxs (alohida fuqaro va korxona)larning daromadi yoki molmulkidan undiriladigan va byudjetgan oʻtkaziladigan majburiy toʻlov. Soliqlar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai va davlat iqtisodiy siyosati vositalaridan biri. Soliqlarning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qad. tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760 yil muqaddam Bobil davlatida Xammurapi qonunlari bilan Soliqlarning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hoz. davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi Soliqlarning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi. Davlat daromadlari manbalari tarkibida Soliqlar salmoqli oʻrinni egallaydi. Mas, davlat byudjeti daromadlarining 70—90% S. hisobiga taʼminlanadi. Har qanday Soliqlarning asosiy unsurlari: soliq subyekti (yoki soliq toʻlovchi) — qonun yoʻli bilan shu soliqni toʻlash majburiyati yuklangan fuqarolar, korxona, tashkilotlar; soliq obyekti — undiriladigan soliq summasini hisoblab chiqarishga asos boʻladigan daromad yoki molmulk (ish haqi, sotish hajmi, korxona molmulki qiymati, yer, qazib olingan qazilma boyliklar hajmi va b.); soliq manbai — aniq bir soliqni toʻlashga manba boʻladigan daromad (daromad turi) (ish haqi, foyda, gonorar — ijod haqi) yoki daromad keltirishi mumkin boʻlgan molmulk (yer, imorat,. meros, hadya mulk va b.); soliq stavkasi.

Undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri Soliqlarga boʻlinadi. Toʻgʻri Soliqlar molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va b. Egri S (aksizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan S. Davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, Soliqlar tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriy-hududiy birliklar) Soliqlar va yigʻimlardan tashkil topadi.

Oʻzbekiston Respublikasida Soliqlar tizimining huquqiy asoslari, uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997-y. 24 apr. da qabul qilingan va 1998-y. 1 yanv. dan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat Soliqlar i: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksiz soligʻi; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya soligʻi; suv resurelaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat Soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli byudjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. Mahalliy Soliqlar va yigʻiml a r — molmulk soliq; yer soligʻi; reklama soligʻi, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, savdosotiq huquqi uchun yigʻim; obodonchilik ishlari uchun yigʻim va b. Mahalliy soliq va yigʻimlar mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.

Davlat tomonidan undirilgan Soliqlar byudjet vositasida qayta taqsimlanib, soliq toʻlovchilarga sogʻliqni saqlash, maorif, ilm-fanni rivojlantirish, mudofaa, xuquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlari orkli bilvosita yoʻllar bilan qaytadi.

Oʻzbekistonda soliq nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar, shu sohaga doir boshqa masalalar «Soliq toʻlovchining jurnali»da (1995-y. dan oʻzbek va rus tillarida chiqadi) yoritiladi.

Mutallib Yoʻldoshev.


Lotin alifbosida maqola: SOLIQLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
YER
YURIDIK SHAXS
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты