SOLIHOV Rustamxon Sobirovich (1947.4.4, Toshkent) — biokimyogar olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2003). Biol. fanlari d-ri (2000), prof. (2001). ToshDUni tugatgan (1970). Oʻzbekiston FA Biokimyo in-tida ilmiy xodim (1973—76), ilmiy kotib (1976— 79), katta ilmiy xodim (1979-98), 1998-y. dan hujayra biol. si lab. mudiri. Ilmiy ishlari biologik faol oqsillarni, asosan, nerv tolalarini oʻstiruvchi omillar (neyrotrofinlar)ni har xil manbalardan ajratib olib, ularning tuzilishi va xossalarini oʻrganishga bagʻishlangan. Solihov rahbarligida Oʻrta Osiyo ilonlari zahari tarkibidagi fermentlar va oʻstiruvchi omillar tuzilishi hamda xususiyatlari oʻrganildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).