SOLIHOV Shavkat Ismoilovich

SOLIHOV Shavkat Ismoilovich (1944.12.12, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1995). Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Biol. fanlari d-ri (1984), prof. (1984), Urta Osiyo un-tini tugatgan (1967). ToshDU tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasida ilmiy xodim (1967 —73), Oʻzbekiston FA Bioorganik kimyo boʻlimida katta ilmiy xodim (1973 —92), Oʻzbekiston FA O. S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo in-ti direktori (1993-y. dan), ayni vaqtda, oqsillar va peptidlar kimyosi lab. mudiri. Oʻzbekiston milliy un-ti tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi mudiri (1998-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari oqsillar va peptidlar tuzilishi hamda xossalarini oʻrganishga oid. Solihov Oʻrta Osiyo jonivorlari zahari tarkibidagi toksinlar, fermentlar va sh. k. biologik faol moddalarning tuzilishi hamda funksiyasini oʻrgandi, 50 dan ortiq fiziologik faol oqsillar va peptidlarni ajratib odni, bulardan 15 tasining kimyoviy strukturasini anikladi. Solihov rahbarligida gʻoʻza fitogormonining taʼsir mexanizmi urganilib, etilen, auksin, sitokinin retseptorlari funksiyasini tekshirish asosida defoliatsiyalash va oʻstirish faolligiga ega moddalarning skrining mezoni, kam gossipolli kunjara olish texnologiyasi ishlab chiqildi.

As: Yad karakurta (v soavtorstve), T., 1985.


Lotin alifbosida maqola: SOLIHOV Shavkat Ismoilovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
TOSHKENT
Shavkat Solihov (1944)
GEOGRAFIYA
SODIQOV Obid Sodiqovich


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты