SOLO (lot. solus — bir, yakka) — 1) koʻp ovozli musiqa asarlarida yakkaxon xonanda yoki sozanda tomonidan xor, orkestr yoki ansambl jurligida ijro etiladigan mustaqil partiya;
2) yakka xonanda yoki yakkanavoz sozandaga moʻljallangan musiqa asari yoki yaxlit asar parchasi. Konsert asarlarida joʻrsiz Solo — kadensiya deyiladi.