ShEYELE Karl Vilgelm

ShEYELE Karl Vilgelm (1742.9.12, Shtralzund, Germaniya — 1786.21.5, Chyoping) — shved kimyogari. Shvetsiya FA aʼzosi (1775). 1756 — 65 yillarda Gyoteborgdagi dorixonada ishlab, kimyoni mustaqil oʻrgangan. Malmyo (176567), Stokgolm (176869), Upsal (1770 74), Chyoping (1775—86) dorixonalarida ishlagan. Fridrix II taklif qilgan Berlin unti kimyo prof. lavozimini rad etgan. Ilmiy ishlari kimyoning koʻpgina sohalarini oʻz ichiga oladi. Umrining oxirigacha flogiston nazariyasi tarafdori boʻlgan. Fosfor olish usulini taklif etgan (1769), kislorodni aniqlagan va ftorid kislota olgan (1771), erkin holdagi xlor, marganes va bariy (P) oksidni ajratib olgan (1774), vodorod arsenid va arsenat kislotani (1775), molibden va volframni kashf etgan. 18-asrda maʼlum boʻlgan organik birikmalarning yarmidan ortigʻini, jumladan, vino kislotani (1769), sut kislotani (1780), siydik kislotani (1776), sianur, benzoy kislotani sintez qilgan.

«Efir» terminiga aniqlik kiritgan, efirlar olish usullarini, zaytun moyi gidrolizi mahsulotlarida glitserinni kashf etgan. Ilk bor shovul, limon (1784), olma (1785), pirogallol (1786) kislotalarini olish usullarini topgan. Sheyelit minerali nomi Sheyelening sharafiga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: ShEYELE Karl Vilgelm haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
SHVETSIYA
GERMANIYA
YAPONIYA
ORGANIK KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты