ShEMʼIZODA Eshref Abduramanovich [1908.8(21).6, Yevpatoriya 1978.11.3, Moskva; Qrimda dafn etilgan] — krimtatar shoiri va adabiy tanqidchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968). Moskva Kinemotografiya intining adabiyssenariy f-tini tugatgan (1932). Qrim Yozuvchilar uyushmasining masʼul kotibi (1930—40). 1943-yildan Oʻzbekistonda. 1943—44 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargona boʻlimini boshkargan. Fargona viloyati gaz. ning masʼul kotibi (1944— 58). Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida katta muharrir, boʻlim mudiri (1958—67). Ilk yirik asari — «Dnepreleton» (1930) Dneproges quruvchilariga bagʻishlangan. «Aslixon», «Alima» dostonlari va «Nay» (1965), «Burgut parvozi» (1969) kabi sheʼriy asarlar muallifi. «Hayot va ijod» (1974), 3 jildli «Qrimqipchoq adabiyoti tarixi» kitoblarida tanqid va adabiyotshunoslikka oid masalalar taxlil qilingan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.