ShERNA BAXSHI

ShERNA BAXSHI, Shernazar Beknazar oʻgʻli (1855 — Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Azon qishlogʻi — 20-asr 1-yarmi) — baxshi, dostonchi. Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Baxshilar oilasida tugʻilgan, 9—10 yoshlaridayoq doʻmbira chalib, kuylay boshlagan. Soʻng sherobodlik Qosim (shoir) baxshiga shogird tushgan. Sheroboddagina emas, Surxondaryo, Qashqadaryoda, hatto Tojikiston va Turkmanistonda ham mashhur boʻlgan. Repertuarida 50 dan ortiq doston, termalar, doʻmbira kuylari boʻlgan. Sherna baxshi Umir baxshi (Safarov), Rajab baxshi Normurod oʻgʻli, Yusuf Oʻtagan oʻgʻli, Mardonqul Avliyoqul oʻgʻli kabi 20 dan ortiq shogird yetishtirgan. Xalq Sh. b. haqida rivoyatlar toʻqigan.


Lotin alifbosida maqola: ShERNA BAXSHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SURXONDARYO VILOYATI
TOJIKISTON
XORAZM VILOYATI
DOSTONCHILIK
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты