ShEROBOD DOSTONCHILIK MAKTABI

ShEROBOD DOSTONCHILIK MAKTABI — Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining bir necha tumanlari, Tojikiston va Turkmanistonning jan. sarhadlarida yetishib chiqqan yuzlab baxshilarni birlashtirgan dostonchilik maktabi. Surxondaryo va Qashqadaryoda dostonchilik anʼanalarining izchil rivojlanishi bugungi kunlarda ham davom etmoqda. Shuning uchun ham bu maktab vakillaridan 20-asrning 40-y. larida yozib olingan dostonlarda dostonchilikning nisbatan quyi bosqich unsurlari, badiiy tafakkurning uncha rivojlanmagan shakllari uchraydi. Oʻtgan asrning 60-y. laridan boshlab esa anʼanalarning muayyanlasha borishi, maʼlum maʼnoda kitobiylikka intilish kuchayadi. Bunda isteʼdodli xalq baxshisi Qodir Rahim oʻgʻlining (1936—85) xizmatlari katta boʻldi. Sherobod dostonchilik maktabidan Qosimkoʻr, Sherna Beknazar oʻgʻli, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli, Umir Safar oʻgʻli, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat oʻgʻli, Mamadrayim baxshi, Yusuf Oʻtagan oʻgʻli, Eshqobil baxshi, Boʻriboy Ahmedov, Qodir Rahim oʻgʻli kabi oʻnlab dostonchilar yetishib chiqdi. Bugungi kunda Xushboq Mardonaqulov, Shoberdi Boltayev, Boborahim Mamatmurodov, Qora va Chori Umirovlar, Qahhor Qodir oʻgʻli, Abdunazar Poyonov kabi bir qancha baxshilar dostonchilik anʼanalarini davom ettirmoqdalar. Bu maktab vakillaridan yozib olingan «Oltin qovoq», «Malla savdogar», «Zayidqul», «Ollonazar Olchinbek», «Oychinor», «Sherali», «Kelinoy» kabi qator dostonlar Oʻzbekistonning boshqa joylarida yashab oʻtgan baxshilar repertuarida uchramaydi.

Ad. Qahhorov A., Yangi dostonlar, T., 1988; Ergashev A., Xalilov D., «Yozi va Zebo» — ishqdostoni, Qarshi, 2000; Murodov M., Alpomishnoma, 1—2-kitoblar, T., 1999, 2000.

Toʻra Mirzayev.


Lotin alifbosida maqola: ShEROBOD DOSTONCHILIK MAKTABI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SURXONDARYO VILOYATI
TOJIKISTON
QASHQADARYO VILOYATI
XALQ IJODI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты