ShEROBOD-SARIQAMISH QIRLARI

ShEROBOD-SARIQAMISH QIRLARI — Surxondaryo botigʻining jan. gʻarbiy qismidagi qirlar. Janubiy gʻarbdan shim. sharqqa 70 km ga choʻzilgan. Shim. dan Boysun botigʻi, jan. sharqdan Surxondaryo vohasi bilan chegaralangan. Oʻrtacha bal. 800—1000 m. Eng baland joyi 1216 m.

Sh. S. q. Boysun togʻlaridan boshlanuvchi bir qancha daryolar (Kafrun, Anjarasoy, Pulihakim va boshqalar) bilan chuqur kesilgan va alohida qirlarga (Kagna, bal. 955 m; Takasakradi, 1050 m va boshqalar) ajralgan. Yon bagʻirlarida quruq soy va jarliklar ham koʻp. Tektonik jihatdan antiklinal struktura; yura, boʻr, paleogen, neogen, toʻrtlamchi davr qumtosh, ohaktosh, dolomit, mergel, konglomeratlaridan tashkil topgan. Iklimi kontinental, yogʻin kam (150— 250 mm). Boʻz, surqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, shoʻra, qoʻngʻirbosh, rang, oq kavrak va boshqalar oʻsadi. Hududi yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ShEROBOD-SARIQAMISH QIRLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
POMIR
TYANOʻPAN
JANUBIY AMERIKA
SURXONDARYO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты