SONOR UNDOSH, sonant (lot. sonorus — jarangdor, jaranglovchi) — ovozning ishtirokiga va hosil boʻlish usuliga koʻra alohida xususiyatlarga ega boʻlgan undoshlarning umumiy nomi. Su. larda ovoz shovqinga Karaganda koʻproq boʻladi va ular shu xususiyati bilan unlilarga yaqin turadi. Ular oʻzbek tilida 5 ta: l, r, m, n, ng (s). Baʼzi adabiyotlarda y va w (lablangan v) undoshlari ham sonorlar qatoriga kiritiladi. L—yon undosh, r — titroq undosh, m, n, ng — burun undoshlari. Su. lar artikulyatsion jixdtdan undosh, akustik sifatlariga koʻra esa unli tovushlardir.