SOPRANO (ital. sopra — yuqorida soʻzidan) — 1) xonandaning eng yuqori ovozi. Diapazoni birinchi oktava «do» dan uchinchi oktava «do» — «mi» gacha (ayollarda), ikkinchi oktava «lya»gacha (bolalarda). Soprano boshqa ovozlardan «bosh» registr ustunligi bilan farqlanadi. Kuchli tovushdagi dramatik (Puchchinining «Turandot» operasidagi Turandot partiyasi), yumshoq tembrli lirik (Gunoning «Faust»idagi Margarita), koloraturali Soprano kabi turlarga boʻlinadi; 2) xordagi eng yuqori ovozli partiya;
3) baʼzi sozlarning yuqori registrli turi (mas, Soprano li saksofon).