SHILLING Pavel Lvovich

SHILLING Pavel Lvovich [1786.5(16).4, Tallin 1837.25.7(6.8), Peterburg] — rus olimi, fizik, sharqshunos. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1828). Rossiyada birinchi litografiyani tashkil etgan. 1829-yilda xitoy matnlaridan nusxa koʻchirishning maxsus litografiya usulini ishlab chiqqan. Osiyo xalqlari tarixi va tillariga oid tadqiqotlar bilan shugʻullangan. 1830— 32 yillarda Xitoy chegaralariga ilmiy ekspeditsiya uyushtirgan (N. Ya. Bichurin bilan birga). 1812-yilda oʻzi ixtiro qilgan elektr minani sinab koʻrgan (Peterburg, Neva daryosi). Elektromagnit telegraf konstruksiyasini ishlab chiqqan, uni 1832-yilda birinchi marta namoyish etgan. Elektr mina va telegraf uchun yer va suv ostida oʻtkaziladigan elektr simlari namunalarini yaratgan, elektr simlarini havoda tortish gʻoyasini ilgari surgan. Sharq qoʻlyozmalarining boy kolleksiyasiga ega boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: SHILLING Pavel Lvovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
SHARQSHUNOSLIK
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты