SOTSIALIZM

SOTSIALIZM (lot. socialis — ijtimoiy) — xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi taʼlimot. S. tarafdorlari ana shu yoʻl bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal jamiyat deb hisoblaganlar. «Sotsializm» atamasi Fransiyada 19-a. ning 30y. larida isteʼmolga kirgan. Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar «oltin asr» toʻgʻrisidagi qad. gʻoyalarga borib taqaladi. Bu gʻoyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U «Siyosat», «Davlat», «Qonunlar» kabi asarlarida mohiyatan Sotsializmga oʻxshash jamiyat toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan Aristotel oʻsha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri halokatli ekanligini taʼkidlagan. Umumiy tenglik, «oltin asr» borasidagi gʻoyalar keyinchalik utopik (xayoliy) Sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz ifodasini topdi. K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy Sotsializm deb atalmish nazariyaga koʻra, Sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yoʻl bilan erishish mumkin deb qarovchilar boʻlgan. Mas, T. Mor (1478 — 1535), T. Kampanella, G. B. Mabli (170985), Morelli (18-a.), N. Chernoʻshevskiy, A. Bebel va b. uni tinch yoʻl bilan amalga oshirish tarafdori boʻlgan. G. Babyof (176097), M. Bakunin, K. Marks, Parij kommunarlari, V. I. Lenin va b. qurolli qoʻzgʻolon yoʻlini ilgari surishdi.

Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamoman ajratiladi. Oqibatda inson oʻz individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U «omma»ga aylanib, oʻz «meni»ni yoʻqotadi. Jamiyatda zoʻravonlik, tobelik kuchayadi. 20-a. 20y. larining oxiri — 30y. larining boshida SSSRda, 2-jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar (jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli Sotsializm toʻgʻrisidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, oʻzgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real S, yetuk, rivojlangan Sotsializm) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy boʻhronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. Oʻzbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zoʻrlik asosiga qurilgan quloq qilish, jamoalashtirish siyosati, boshqa koʻrinishdagi qatagʻonlarni Sotsializm qurish yoʻlidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, Oʻzbekistonga nisbatan «kapitalizmni chetlab Sotsializmga oʻtish» mumkinligi toʻgʻrisidagi soxta taʼlimot ham oʻylab topildi.

20-a. ning 80y. lari oxiri — 90y. lari boshida SSSRda va b. mamlakatlarda boshlangan oʻzgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga oʻtishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat aʼzolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yoʻlidagi barcha urinishlarga barham berdi. Ibodulla Ergashev.


Lotin alifbosida maqola: SOTSIALIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YAPONIYA
TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты