SOTSIOLOGIYA

SOTSIOLOGIYA (lot. societas — jamiyat va…logiya) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruxdar, shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan. S. ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi.

Jamiyat hayotini tushuntirishga urinishlar antik davrda (Platon, Aristotel va b.) paydo boʻddi, tarix falsafasida davom etdi. Oʻrtaosiyolik mutafakkirlar (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan. Sotsiologik tasavvur va qarashlar 19-a. ning 1-yarmida O. Kont, G. Spenser kabi olimlar ijodi natijasida fan darajasiga koʻtarildi va qariyb 200-y. dan buyen rivojlanib kelmoqda. Turli davrlarda Sotsiologiyaning moxiyati turlicha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushunilgan. Ayni vaqtda uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ijtimoiy fizika deb ham izohlangan (L. Ketle). Dastlab Yevropada taraqqiy etgan S. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida keng ijtimoiy muammolarni dalil va asosli ravishda qoʻya boshladi (M. Veber, E. Dyurkheym, G. Zimmel (1858—1918), V. Pareto (1848—1923), P. Sorokin (1889—1968). Shu maʼnoda u mohiyatan makrosotsiologiya edi. Sotsiologiyaning Amerikadagi rivoji esa, odatda, «kichik» ijtimoiy hodisalarni oʻrganuvchi mikrosotsiologiya tarzida yangi qirralarini namoyon etdi [J. Dyui (1859—1952), Ya. Moreno (1892—1974), J. Xomans (1910), E. Meyo (18801949) va b. ]. Keyinchalik Sotsiologiyaning bu makro va mikro koʻrinishlari T. Parsons (1902 — 79), R. Merton (1910)ning nazariy ishlarida va P. Lazersfeld (1901 — 76)ning empirik tadqiqotlar uslubiyatvda yagona tizimga keltirildi. Biroq Sotsiologiyaning predmeti va ijtimoiy amaliyot uchun ahamiyati xususidagi bahslar haligacha davom etib kelyapti, yangi Sotsiologiya yaratishga urinishlar toʻxtamayapti.

Sotsiologiya oʻz taraqqiyotining klassik davrida yaxlit bilimlar tizimi sifatida rivojlangan boʻlsa, keyin bu fanga turli oqimlar va yoʻnalishlar kirib keda boshladi. Mexanistik nazariya tarafdorlari G. Ch. Keri (1798—1879), V. Ostvald (1853-1932), V. Pareto (1848— 1923) Sotsiologiyani ijtimoiy dunyo fizikasi deb hisoblashgan. Biologik nazariya, xususan, organik yoʻnalish (G. Spenser, L. Gumplovich), shuningdek, ijtimoiy darvinizm vakillari (Ch. Darvin va b.) jamiyatni biologik dunyo qonuniyatlaridan kelib chiqib izohlashgan. Psixologik qarashlarda [D. S. Mill (1806—73), MakDugall] jamiyat hayotidagi voqea va jarayonlar takdid nazariyasi, instinkt nazariyasi asosida psixologik jihatdan tushuntirilgan. Xususan, 3. Freyd (jinsiy mayl), Ya. Moreno (jamiyatni individualpsixologik tushuntirish) qarashlari keyinchalik kollektivpsixologik nazariyalarga olib keldi. Shu yoʻnalishda ijtimoiypsixologik, bixevioristik, simvolik interaksionizm, ijtimoiy harakatlar nazariyalari rivojlandi.

Hoz. davrda funksionalizm zamonaviy gʻarb S. sining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yoʻnalish vakillari (T. Parsons, R. Merton) jamiyatning funksional birligi, uning dinamik muvozanati muammolariga asosiy eʼtiborni qaratadi. Formalsotsiologik yoʻnalish F. Tennis (1855—1936), G. Zimmel, L. fon Vize (1876—1969) kabi sotsiologdar ijodi taʼsirida mustahkamlandi va rivojlandi. Bu yoʻnalish vakillari ijtimoiy hodisalarning mazmunidan ham koʻra ularning shakliga koʻproq eʼtibor berilsa, bu Sotsiologiya predmetiga mosroq boʻladi, deb hisoblaydi.

20-a. ning 2-yarmida yangi nazariya va oqimlar, xususan, «asosiy nazariya» (Glasser va Stress), refleksiv S, dialektik S, kundalik hayot S. si modellari shakllandi. Lekin shunga qaramay, yangi Sotsiologiyada 2 nazariy yoʻnalish aniq koʻrinishga ega boʻldi:

1) radikal S. (jamiyatni jiddiy oʻzgartirish kerak, Sotsiologiya bunda muhim rol oʻynaydi, deb hisoblaydi);

2) gumanistik Sotsiologiya (insonning ijtimoiy tizimdagi yangi mavqeini, uning meʼyor yaratuvchanlik salohiyati, ruhiy jihatini tadqiq etishni ustuvor deb biladi). Bugungi kunga kelib S turli nazariyalar va bir necha sogʻalarni qamrab olgan boʻlishiga qaramay, mohiyatan yaxlit fan sifatida jadal rivojlanmoqda.

Oʻzbekistonda ham Sotsiologiya oʻz tarixiga ega. U ijtimoiy borliq muammolari xususida asrlar davomida fikr yuritib kelgan ulamoyu shoirlar, mutafakkiru hukmdorlarning izlanishlarida oʻz ifodasini topgan. Buyuk vatandoshlarimiz boshqa sohalar kabi Sotsiologiyaning rivojlanishiga ham katta hissa qoʻshdilar. Mukammal jamiyat gʻoyasi, davlatni boshqarish, jamiyatda shaxsning oʻrni va roli masalalari ular yaratgan turli janrlardagi asarlarga mavzu boʻlganligiga qaramay Sotsiologiya fanini mustaqillikdan soʻnggina lozim darajada rivojlantirish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekistonda keng koʻlamli nazariymetodologik muammolarni qoʻyish, ijtimoiy dunyoga tahliliy nazar bilan qarash koʻnikmalari hosil qilinmoqda. Sotsiologiya faniga oid kitob va risolalar, darslik va qoʻllanmalar yaratish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Sotsiologik tafakkurni shakllantirish, uni taʼlim tizimida, boshqaruvda, ommaviy axborot vositalari va b. sohalarda kengroq qoʻllashga harakat qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida «Sotsiologiya va boshqaruv psixologiyasi» kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Bir necha yillardan buyon «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish tajribasi toʻplandi. Bir nechta ilmiy muassasalar (OʻzMU, Oʻzbekiston FA, viloyatlardagi un-tlar)da nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kibernetik Sotsiologiya muammolari (akad. V. Krbulov), ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish (N. Aliqoriyev), jamoatchilik fikrini oʻrganish (R. Ubaydullayeva), demofafik jarayonlarni tadqiq etish (O. Atamirzayev) yoʻnalishlarida ilmiy ishlar qilingan, milliy mentalitet (M. Bekmurodov, A. Begmatov), tafakkur tarzi (B. Farfiyev), mahalla fenomeni (K. Kalonov) oʻrganilmoqda. Oʻzbek olimlari, shuningdek, Sotsiologiyaning turli yoʻnalishlari (nazariy Sotsiologiya — R. T. Ubaydullayeva; mehnat S. si — Q. Abduraxmonov, ekologik Sotsiologiya — A. Qahxrrov; din S. si — M. Gʻaniyeva; siyosiy Sotsiologiya — A. Xolbekov) boʻyicha muayyan ishlar qildilar.

Abdugʻani Xolbekov.


Lotin alifbosida maqola: SOTSIOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
BERUNIY
FOROBIY
TARIX
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты