SOTSIOMETRIYA (lot. societas — jamiyat va… metriya) — ijtimoiy psixologiya sohasi. Ijtimoiy turmushdagi kichik guruh (i. ch., jamoa, oila) aʼzolari oʻrtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni oʻrganish va ularning darajalarini oʻlchashda qoʻllaniladi. Sotsiometriya guruh aʼzolarining birbiri bilan oʻzaro subyektiv munosabatlarini, individlarning guruxdagi mavqei, kim yetakchilik qila olishi mumkinligi masalalarini eksperimental yoʻl bilan tadqiq qiladi. Sotsiometriyaga amerikalik sotsiolog Ya. Moreno (1892— 1974) asos solgan. Uning metodiga koʻra, muayyan guruxdagi har xil xususiyatli shaxslarning uzaro munosabatlarini anik,lash uchun qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi soʻraladi. Olingan maʼlumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi mikdor kursatkichlari guruxdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari toʻgʻrisida tasavvur hosil qiladi. Bu maʼlumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi koʻrinishini aks ettiradi, xolos. Hoz. davrda Sotsiometriyaning modifikatsiyalari ishlab chiqilgan (Ya. L. Kolominskiy, I. P. Volkov). S. ning bu turi test savollari yordamida bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida toʻlaroq axborot toʻplash imkonini beradi.
Sotsiometriyaning nazariy va amaliy natijalari mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishini boshqarishda, tarbiyaviy ishda va h. k. da keng qoʻllaiiladi.
Ergash Gʻoziyev.