SHIMOLIY DAKOTA

SHIMOLIY DAKOTA — AQSHning shim. dagi shtat, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 183 ming km2. Aholisi 634,1 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Bismark shahri Yer yuzasi tekislik, daryolari chuqur vodiylardan oqadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —19° dan —22° gacha, iyulniki 20—23°. Yillik yogʻin 400 — 500 mm. Asosiy daryosi — Missuri (yuqori oqimi). Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — q. x. Asosiy ekini — bugʻdoy, yalpi hosili boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Shuningdek, suli, arpa, javdar, makkajoʻxori, zigʻir, oʻt ekiladi. Goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Sanoatida yetakchi tarmoq — oziqovqat sanoati. Foydali qazilmalardan neft, gaz va qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi.


Lotin alifbosida maqola: SHIMOLIY DAKOTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KANADA
YER
XITOY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты