SHIMOLIY MARIANA OROLLARI

SHIMOLIY MARIANA OROLLARI, Shimoliy Mariana Orollari Hamdoʻstligi — Tinch okeanning gʻarbiy qismi, Mikroneziyadagi Mariana orollari guruhida joylashgan davlat. Mayd. 477 km2. Aholisi 77,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Susupe shahri (Saypan o. da). Aholisining asosiy qismi — tub joy aholisi boʻlgan chamorrolar. Rasmiy til — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar.

Davlat tuzumi. Shimoliy Mariana Orollari — «AQSHga erkin qoʻshilgan qudud». Davlat va ijrochi hokimiyat boshligʻi — gubernator. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — 2 palatali parlament (senat va vakillar palatasi).

Tabiati. Mamlakat 14 yirik va bir qancha mayda orol hamda riflarda joylashgan. Orollar shim. va jan. orollar tizimini tashkil etadi. Shim. orollar tizimi vulkan orollar (soʻnmagan vulkanlar bor, eng baland joyi 965 m). Janubiy orollar tizimi marjon va vulkan orollardan iborat. Fosforit, oltingugurt, temir va marganes rudasi konlari bor. Iklimi tropik, passatli iqlim. Yiliga 1800—2000 mm yogʻin yogʻadi. Oʻrtacha oylik tra 26—28°. Tayfunlar boʻlib turadi. Togʻ yon bagʻirlari nam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan; savanna maydonlari bor. Mayda kemiruvchilar, qush va hasharotlar yashaydi. Tarixi. Shimoliy Mariana Orollari davlati 1976 yil BMTning Tinch okean orollaridagi vasiylik hududlarini boʻlish jarayonida tashkil topgan. 1986-yil 3 noyab. da Shimoliy Mariana Orollari AQSH bilan erkin uyushishi toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. 1993-yilda AQSH vasiyligi bekor qilindi.

Xoʻjaligi. Iqtisodiyotining asosi — xorijiy sayyohlik (yiliga 200 mingga yaqin sayyoh kelibketadi; asosan, Yaponiyadan) va q. x. (mamlakat hududining ʻD qismiga yaqini band). Kokos palmasi, banan, sitrus mevalar, shakarqamish, non daraxti, kofe oʻstiriladi, pomidor va qovun ekiladi. Baliq (asosan tunes) ovlanadi va qayta ishlanadi. Qoramol, choʻchqa, echki boqiladi.

Sanoati q. x. xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari, ichimliklar ishlab chiqariladi. Avtomobil yoʻllari uz. 494 km (27% qattiq qoplamali). Chetga q. x. mahsulotlari chiqaradi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — AQSH dollari.

Shimoliy Mariana Orollarida ingliz va mahalliy (chamorro) tillarda «Marianas verayeti nyus end vyus» («Mariana yangiliklari», 1972-yildan), «Marianas revyu» («Mariana sharhi», 1979-yildan) va ingliz tilida «Marianas observer» («Mariana kuzatuvchisi») haftanomalari, ingliz tilida «Saypan tribyun» («Saypan minbari», haftada 2-marta) gaz. chiqadi. «Inter aylend komyunikeyshn inkorporeyted» tijorat radioeshittirish xizmati 1984-yil tashkil etilgan. 33 kanalli «Tropik aylendz keybl TV korporeyshn» tijorat televideniye korporatsiyasi 1988-yildan faoliyat koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: SHIMOLIY MARIANA OROLLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты