SHIMOLIY REYN-VESTFALIYA

SHIMOLIY REYN-VESTFALIYA — Germaniya yeri. Mayd. 34,1 ming km2. Aholisi 18 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Dyusseldorf shahri Sh. R. V. Shim. Germaniya pasttekisligi va Reyn Slanesli togʻlarida joylashgan. Mamlakatning aholisi eng koʻp va zich (1 km2 ga 521 kishi) yeri. Aholining yarmidan ortigʻi aholisi 500 ming kishilik shaharlarda yashaydi.

Yevropaning eng katta sanoat regionlaridan biri — Rur sanoat havzasi shu yerda. Iqtisodiyoti koʻp tarmoqli. 1960-yildan boshlab koʻmir sanoati ulushi keskin kamaydi. Madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohalari rivojlangan. Ularda 230 mingdan ziyod aholi band, bu esa koʻmir va poʻlat quyish sanoatida bandlar sonidan ancha ortiq. Rangli metallurgiya va ogʻir mashinasozlik, elektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Sement va oynashisha ishlab chiqariladi. Tabiatni muhofaza qilish sohasining 160 dan ziyod korxonasi ishlab turibdi. Shimoliy Reyn-Vestfaliya — Yevropaning yetakchi ekologik toza texnologiyalari markazi. Q. x. da sabzavotchilik, sut chorvachiligi rivojlangan. Qisman donli ekinlar, qand lavlagi ekiladi. Hududining 25% oʻrmon.

Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeri 1946-yilda Reyn va Vestfaliya provinsiyalaridan tashkil etilgan. 1949-yildan Germaniya birlashuviga qadar Bonn shahri Germaniya Federativ Respublikasi poytaxti boʻlgan. Yirik shaharlari: Keln, Essen, Dortmund, Dyusseldorf, Duysburg, Boxum, Vuppertal, Bilefeld, Gelzenkirxen, Zolingen, Liverkuzen va Axen. Hududidan xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari oʻtgan. Duysburg jahonda eng yirik daryo portlaridan. Turizm rivojlangan, yiliga 12 mln. turist kelib-ketadi.


Lotin alifbosida maqola: SHIMOLIY REYN-VESTFALIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
GERMANIYA
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты