SHIMOLIY URUSH

SHIMOLIY URUSH (1700-21) Rossiya (Shim. Ittifoq tarkibida)ning Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qarshi urushi. Narva ostonasidagi magʻlubiyat (1700) dan keyin Pyotr I armiyani qayta tuzdi. Boltiq flotini barpo etdi. 1701—04 yillarda rus qoʻshinlari Fin qoʻltigʻi sohillarida mustahkamlanib olib, Derpt, Narva va boshqalar istehkomlarni egalladi. 1703 yil SanktPeterburgga asos solindi; u Rossiya imperiyasining poytaxtiga aylandi. 1708-yil Rossiya hududiga bostirib kirgan shved qoʻshinlari Lesnaya yaqinida magʻlubiyatga uchradi. Poltava jangi (1709)da Shvetsiya butunlay tormor etildi va Karl XII Turkiyaga qochdi. Boltiq floti Gangut (1714), Grengam (1720) va boshqalar joylarda gʻalabaga erishdi. Nishtadt sulh shartnomasi (1721) bu urushga yakun yasadi. Unga koʻra, Liflyandiya (Riga bilan birga), Estlyandiya (Revel, Narva bilan birga), Kareliyaning bir qismi (Keksgolm bilan birga), Ingermanlandiya (Ijor yeri), Ezel va Dago o. lari Rossiyaga oʻtdi. Rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan Finlyandiya yerlarining koʻp qismi Shvetsiyaga qaytarildi. Rossiya Shvetsiyaga 2 mln. yefimka (pul birligi) miqdorida tovon toʻladi, har ikki davlat oʻrtasidagi savdo munosabatlari tiklandi.


Lotin alifbosida maqola: SHIMOLIY URUSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
XITOY
YAPONIYA
ERON
ESTONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты