SOHIBOYEV

SOHIBOYEV Rixsi (1917.22.9, Bishkek — 1974.23.2, Toshkent) — jurnalist, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968). Samarqand xalq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1938). Mehnat faoliyatini 1941-y. «Qizil Oʻzbekiston» gaz. da adabiy xodimlikdan boshlagan. Soʻngra shu gaz. da tashkilot boʻlimi mudiri, muharrir oʻrinbosari. 1949—55 y. lar Oʻzbekiston KP MK huzuridagi Partiya tarixi inti direktori oʻrinbosari, Oʻzbekiston Telegraf agentligi (OʻzTAG)ning direktori (1955—60), OʻzSSR Oliy Kengash Prezidiumining kotibi (1960—71). 1971-y. dan OʻzSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Informatsiya agentligi (Oʻz TAG) direktori. Sohiboyev bir qancha nazariy va publitsistik maqolalar muallifi. Toshkent sh. dagi koʻchalardan biri uning nomiga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: SOHIBOYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI
XITOY
FRANSIYA
QIRGʻIZISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты