SPARTA (Lakedemon) — Lakonika (Peloponnes)dagi yunon shahardavlati (polney); mil. av. 8—6-a. larda Peloponnesning jan. kismini bosib olgach, yirik davlatga aylangan. Rivoyatga koʻra, Sparta dagi davlat tuzumiga Likurg (9—8-a. lar) tomonidan asos solingan. Spartiatlar (S. ning toʻla huqukli fuqarolari) oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan ilotlar bilan teng ravishda davlat yer boʻlaklariga egalik qilishgan, oʻzlari esa, asosan, harbiy ish bilan mashgʻul boʻlishgan. Hunarmandchilik va savdo perieklar qoʻlida boʻlgan. Sparta — oligarxik davlat tuzumiga ega polisning yuksak namunasi; davlat ishlari gerusiya, soʻngra eforlar kollegiyasi tomonidan hal etilgan. Afina va Sparta oʻrtasidagi raqobat 431—404-y. lardagi Peloponnes urushiga olib kelgan; S. unda gʻalaba qozonib Yunoniston ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatgan. Mil. av. 4—3-a. larda Spartada tovarpul munosabatlari taraqqiy etgan, bu mulkiy tabaqalanishni yanada kuchaytirgan. Sparta Fiva bilan Levktra (371) va Mantineya (362) yonida boʻlgan janglarda magʻlubiyatga uchragach, 2darajali davlatga aylanib qolgan. 146-y. Rim tomonidan boʻysundirilgan, mil. av. 27 y. Rimning Axayya provinsiyasi tarkibiga kirgan. Kds. Sparta oʻrnida hoz. Gretsiyaning Sparta sh. joylashgan.