SPERMATOZOID

SPERMATOZOID (sperma va yun. zoon — tirik organizm va eidos — koʻrinish) — odam, hayvon va koʻpchilik oʻsimliklarning erkaklik jinsiy hujayrasi. Odam va hayvonlarda urugʻdonda pushthujayrasi (spermatogoniylar)p,dm hosil boʻladi. Spermatozoidning boshchasi, boʻyni, tanasi va dumi boʻladi. Odam va koʻpgina umurtqasiz hamda umurtqali hayvonlar Si xivchinli yoki dumli boʻlib, ular yordamida harakat qiladi. Baʼzi chuvalchanglar, mingoyoqlar, qisqichbaqasimonlar va kanalar Si dumsiz va turli shaklda, amyobasimon harakatlanadi. Spermatozoid uzunligi bir necha oʻn mkm dan yuzlab mkm gacha, hasharotlarda bir necha mm. Gistokimyoviy usullar yordamvda Spermatozoid tanasida oksidlanishqaytarilish fermentlari, glikogen, fosfolipidlar va ATF borligi aniklangan. Bu hol S. tanasi energiya manbai ekanligidan dalolat beradi. Muxit t-rasi, osmotik bosimi, kislotaliligining oʻzgarib turishi Spermatozoid funksiyasining buzilishi va tezda gʻalok boʻlishiga olib keladi. Spermatozoid mikdorining kamayishi (oligozoospermiya) koʻpincha bepushtlikka sabab boʻlishi mumkin.

Oʻsimliklarda harakatchan Spermatozoid (anterozoid)lar anteridiylarda hosil boʻladi. Koʻpchilik urugʻli oʻsimliklar Si xivchinsiz, faol harakatlanmaydi; ular spermiylar deb ataladi. Yashil va qoʻngʻir suvoʻtlar, ayrim tuban zamburugʻlar, yoʻsinlar, qirqquloqlar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, sagovniklar va ginkgo S. ining 2 va undan koʻproq xivchini boʻladi. Spermatozoidlar sellyuloza qobigʻining boʻlmasligi, koʻpincha mayda (ayrim sagovniklarda yirik) boʻlishi bilan oʻsimliklarning boshqa hujayralaridan farq qiladi.


Lotin alifbosida maqola: SPERMATOZOID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KANALAR
BIOLOGIYA
JINSIY HAYOT
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты