SPERMATOFOR

SPERMATOFOR (sperma va yun. Phoros — olib yuruvchi) — spermatozoidlar bilan toʻlgan kapsula; spermatozoidlarni saklaydi va qurib qolishdan himoya qiladi. Spermatofor ayrim mollyuskalar, zuluklar, pogonoforalar, suvda va quruqliqda yashovchilar, koʻpchilik boʻgʻimoyoklilar uchun xos. Qisqichbaqasimonlar, oʻrgimchaksimonlar va hasharotlar S. ni oyoklari yoki paypaslagichlari yordamida jinsiy yoʻliga kiritadi. Ayrim osminoglarda Spermatofor bilan toʻlgan paypaslagich — gektokotil erkagi tanasidan ajralib suzib yuradi; urgʻochisini topsa, uning mantiya boʻshligʻiga kirib oladi. Triton va salamandralar Spermatoforni biror narsaga yopishtirib qoʻyadi; urgʻochisi uni kloakasi bilan oladi. Ayrim xasharotlarning erkagi Spermatoforni urgʻochisi qorin qismiga yopishtirib qoʻyadi. Spermatofor yordamida urugʻlanish suvda urugʻlanish bilan quruqlikdagi kuyikish oʻrtasida oraliq holatni egallaydi.


Lotin alifbosida maqola: SPERMATOFOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR
YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi
JINSIY HAYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты