SHIRINPOʻCHOQ

SHIRINPOʻCHOQ — oʻrtapishar qovun navi. Tuxumsimon, uch tomoni ingichka, tor, uzun. Uz. 30—40 sm, ogʻirligi 4—5 kg. Sirti sal boʻgʻimli, toʻla toʻr bilan qoplangan, toʻrlari mayda yoki oʻrtacha, dagʻalroq. Tusi yashilsariq, ochiq rangli, sirtidagi gullari egributri, deyarli tutash, bir xil kenglikdagi tor yoʻllardan iborat, gullarining tusi toʻq yashil. Poʻsti qattiq, eti yashil yoki oq, qalinligi 4—5 sm, qumoqqumoq, sal karsillaydi, shirin. Tarkibida 7,5—8,4% qand moddasi bor. Niholi unib chiqqanidan keyin hosili 80—95 kunda pishadi. Hosildorligi 250—300 s/ga. Uncha uzoq boʻlmagan joylarga olib borishga yaroqli. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida r-nlashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: SHIRINPOʻCHOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QORAQALPOGʻISTON
XORAZM VILOYATI
SHAKARPORA
KOʻLI XUSHTARIN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты