SPILITLAR

SPILITLAR (yun. spilos — dogʻ, hol) — kuchli oʻzgarishga uchragan bazalt togʻ jinslari, suv osti vulkanlaridan lavaning quyilishi natijasida hosil boʻlgan. Bu jinslarda dala shpati ikkilamchi albitdan iborat. Spilitlar mikrolit, baʼzan diabaz strukturali; albitlashgan plagioklazning ingichka va uzun mikrolitlaridan gʻosil boʻlib, ularning oraliklari xlorit va ruda minerali bilan toʻlgan. Spilitlar spilitli tuflar, sharli lavalar va ularga yaqin boʻlgan jinslar bilan birgalikda dengiz tagida hosil boʻlgan choʻkindi jinslar orasida uchraydi. S. Yer poʻstidagi chukur yoriklar zonasi bilan alokador. Spilitlar burmali mintaqalar rivojlanishining ilk bosqichlarida suv osti sharoitida yuzaga kelgan vulkan ik katlamlarda keng tarqalgan (Kavkaz, Ural, Oltoy, Qozogʻiston va b.). Oʻzbekistonning ZirabuloqZiyovuddin, Tomdi, Nurota, Hisor togʻlarida bor.


Lotin alifbosida maqola: SPILITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
OKEAN
OSIYO
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты