SHIRKAT

SHIRKAT, xoʻjalik shirkati — jismoniy va yuridik shaxslarning shartnoma asosida va hamkorlikda xoʻjalik faoliyati yuritish maqsadlarini koʻzlaydigan ixtiyoriy birlashmasi. Shirkat aʼzolari xoʻjalik shartnomasi asosida ish yuritadilar, unda Shirkatning maqsadlari, Shirkat mulkini barpo etishda aʼzolar ishtiroki va badal miqdori, olinadigan foydaning taqsimlanishi hamda Shirkat tugatilganda mulkning oʻzaro taqsimlanishi, boshqarishda ishtirok etish huquqlari belgilab qoʻyiladi. Shirkat mulki hamisha Shirkat aʼzolarining hissaviy badallari negizida shakllanadi.

Mulkni barpo etish tamoyili Shirkat turiga bogʻliq. Muassislik shartnomasi va ustav Sh. ning taʼsis hujjatlari hisoblanadi. Uzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar xoʻjalik hayotida Shirkatning toʻliq Shirkat, kommandit (aralash) Shirkat turlari koʻproq tarqalgan. Toʻliq Shirkat xoʻjaliklarda yakka shaxslar yoki tadbirkorlar, tijorat tashkilotlari taʼsis shartnomasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun oʻz faoliyati va kapitallari bilan ishtirok etadilar. Shirkat majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli jami molmulk bilan birdamlikda javob beradilar. Ishtirokchilarning har biri boshqa huquqlar bilan bir qatorda korxonani boshqarishda ishtirok etadi va har bir shaxs bir ovozga ega boʻladi, har bir ishtirokchi faqat birgina toʻliq Shirkatga aʼzo boʻlishi mumkin. Mas, 90-y. larning 2-yarmidan boshlab Oʻzbekiston q. x. da sobiq kolxozlar — jamoa xoʻjaliklari yopiq Shirkat xoʻjaliklari — paychilar xoʻjaligi shakliga oʻtkazila boshladi va 1,4 mln. dan ortiq dehqonlar Sh. dagi pay mulki egalariga aylandi (2004). Kommandit Shirkat aʼzolari Shirkat majburiyatlari boʻyicha oʻzining jami molmulki bilan javob beradigan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan bir qatorda javobgarligi qoʻshgan ulushi miqdori doirasida cheklanadigan bir yoki bir nechta qatnashchi (kommanditchi)lardan tashkil topadi.

Shirkatning tugatilishi xoʻjalik Sh. lari haqidagi qonunlarda va Sh. ning taʼsis shartnomasida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Rasulmat Husanov.


Lotin alifbosida maqola: SHIRKAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YURIDIK SHAXS
TOSHKENT
FRANSIYA
BANKLAR
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты