SPIROGIRA

SPIROGIRA (Spirogyra) — konyugatlar sinfiga mansub suvoʻtlar turkumi. Chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Iplari shoxlanmagan, 4—200 mkm kenglikda, bir qator hujayralardan iborat. Hujayralarida bittadan bir nechtagacha spiral oʻralgan xromotoforalari boʻladi. Vegetativ va jinsiy koʻpayadi. Vegetativ kupay i shi noqulay sharoitda bir qancha hujayralarga ajralishi yoki iplarning tasodifiy uzilishi orqali sodir boʻladi. Jinsiy konyugatsiya orqali koʻpayishi 2 ta spirogira iplarining parallel joylashib, konyugatsiyalangandan soʻng hosil boʻlgan zigotadan yangi Spirogira oʻsib chiqishidan iborat. 340 ga yaqin turi maʼlum. Oqmaydigan va tinch oqadigan suvlarda koʻp uchraydi; koʻpincha suv yuzasida yoki suv tubidagi balchikda «baqatoʻn» deb ataladigan toʻshalma hosil qiladi.


Lotin alifbosida maqola: SPIROGIRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TINCH OKEAN
TINCH OKEAN
OKEAN
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты