SPIROXETALAR

SPIROXETALAR (Spirochaetalos) bakteriyalar tartibi. Hujayrasining diametri 0,2—10,0, uz. 5—500 mkm, spiral buralgan protoplazmatik silindr va uning devoridan iborat. Sirtdan koʻp qavatli qobiq, yaʼni qin bilan oʻralgan. Silindr bilan qin oʻrtasida bitta yoki bir necha fibrillalar joylashgan. Fibrillalar silindrning 2 uchiga birikkan, oʻrta qismi erkin. Ularning tarkibi va tuzilishi bakteriyalarning xivchinlariga oʻxshash boʻlganidan suzish vazifasini bajarishi mumkin. Spiroxetalar boʻlinish orqali koʻpayadi. Grammanfiy, spora hosil qilmaydi; fakultativ aerob yoki anaerob. 1 oilasi, 8 tartibi maʼlum. Koʻpchilik turlari erkin yashovchi saprofitlar; bir kancha turlari mollyuskalar va termitlarga kommensal yoki hayvonlar va odamda parazitlik qiladi (zaxm, leptospiroz va b. kasalliklarni qoʻzgʻatadi).


Lotin alifbosida maqola: SPIROXETALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BAKTERIYALAR
YER
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты