SPIRTLAR — uglevodorodlarning toʻyingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—ON) tutgan hosilalari. Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — ON guruxi tutgan birikmalar — fenollar, toʻyinmagan uglerod atomlarida — ON guruhi tutgan birikmalar esa yenollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga koʻra, Spirtlar atsiklik yoki alifatik (mas, metil spirt, etil spirt, allil spirt), alitsiklik (siklogeksanol), yogʻ aromatik (benzil spirt) va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Molekulasidagi — ON guruhining soniga qarab, Spirtlar bir atomli (alkogollar), ikki atomli (glikollar), uch atomli (k,. Glitserin), toʻrt atomli (penta eritrit) va b. koʻp atomli spirtlar (geksitlar, ksilitlar) boʻladi. Spirtlar dagi — ON guruxlari birlamchi (SN2ON), ikkilamchi (>SNON) va uchlamchi (> S—ON) uglerod atomlari bilan birikkan boʻlishi mumkin. Shu sababli bir atomli Spirtlar birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga boʻlinadi.
S, odatda, tegishli uglevodorod radikalining nomiga karab ataladi: SN3ON (metil spirt), S3N7—ON (propil spirt) va h. k. Jeneva nomenklaturasiga koʻra, tegishli uglevodorod nomiga «ol» (yoki diol, triol) qoʻshimchasi qoʻshiladi va — ON guruxi birikkan uglerod atomini rakam bilan koʻrsatiladi. Mac, SN3—SN(ON) — SN3 (propanol2), NOSN2—SN2 — SN2ON (propandiol1,3).
Bir atomli alifatik kuyi Spirtlar — rangsiz suyukliklar. Zanjirida bittadan uchtagacha uglerod atomi tutgan (S,— S3) Sdan alkogol hidi keladi. S4—S5 spirtlar nafasni qaytaradigan hidli. Yuqori Spirtlar (S|2 dan boshlab) — hidsiz qattiq moddalar; alitsiklik Spirtlar yalpiz xidli, uchlamchi Spirtlar mogʻor hidli.
Spirtlar suvdan yengil, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, oʻzi ham yaxshi erituvchi. Quyi alifatik Spirtlar suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Yuqori Spirtlar suvda erimaydi. Birlamchi Spirtlar kristallosolvatlar hosil qiladi, mas, SaS124S2N5ON, MgCl26C2H5OH, CuSO4CH3OH. Koʻpchilik Spirtlar suv va baʼzi erituvchilar bilan aralashib, azeotrop aralashmalar hosil qiladi.
Spirtlar molekulasida — ON guruhi boʻlgani sababli sezilarli qutblanish kuzatiladi. Spirtlar ishqoriy, ishqoriyer va b. baʼzi metallar bilan tuzeimon birikmalar — alkogolyatlar, mas, NaOR, (CaOR)2, A1(OR)3 hosil qiladi. Spirtlarga kislotalar taʼsir etganda murakkab efirlar hosil boʻladi (q. Eterifikatsiya). Birlamchi Spirtlar oksidlanganda tdegidlar va kislotalar, ikkilamchi Spirtlar oksidlanganda ketonlar hosil qiladi; uchlamchi Spirtlar oddiy sharoitda oksidlanmaydi. Bir atomli alifatik Spirtlar kucheiz narkotik taʼsirga ega, baʼzi S zaharli.
S tabiatda erkin holda va murakkab efirlar holida uchraydi. Spirtlar galogenalkillarni gidrolizlab (amil, benzil Spirtlar va b.), olefinlarni gidrolizlab (etil, izopropil, trimetilkarbinol va b.) olinadi. S, koʻpincha, karbonli birikmalar (aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va b.)ni natriy, litiy, alyuminiy gidrid, vodorod bilan qaytarib olinadi. Alkogol ichimligi uchun ishlatiladigan etil spirt qand moddalarini bijgʻitib olinadi. Spirtlarning amaliy ahamiyati muhim: boʻyoqlar, sintetik tolalar, plastmassalar, xushboʻy dori va yuvuvchi vositalar, plastifikatorlar va portlovchi moddalar ishlab chiqarish. da xom ashyo hisoblanadi. Koʻpchilik sanoat tarmoqlarida erituvchilar va alkillovchi agentlar sifatida ishlatiladi.
Ad.: Organikum. Praktikum po organicheskoy ximii, M., 1979; Braun T., Lemey G. Yu., Ximiya v sentre nauk, M., 1983.
Sobirjon Aminov.