SHIFR

SHIFR (frans. sgpyge, aynan — raqam, arab. sifr — nol) — maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan shartli belgilar majmui. Diplomatik vakillar (elchilar, attashelar va boshqalar)ning oʻz hukumatlari bilan maxfiy yozishmalarida, shuningdek, qurolli kuchlarda buyruq, farmoyish berishda va jangovar harakat, razvedka natijalari haqida xabar qilishda qoʻllanadi. Xabarning magʻzini chaqish (shifrovka) jumla, soʻz, boʻgʻin yoki alohida harflarni raqam yoki harflarga turli uygʻunlikda almashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shifrlarni tushunish uchun kelishilgan tegishli shartdan (parol) xabardor boʻlish lozim. Shifr langan matnning magʻzini chaqishda maxsus kalitlar tizimidan foydalanadi. Shifrni murakkablashtirish uchun qoʻsh Sh. tizimi ham qoʻllanadi. Shifr maxfiy yozishmalar sirini saqlab qolishga hamma vaqt ham kafolat bera olmaydi, chunki davlatlarning razvedka xizmatlari Shifrni yechish bilan muntazam shugʻullanib turadi.


Lotin alifbosida maqola: SHIFR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JANGOVAR TARTIB
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
YAPONIYA
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты