SHIFT, ship — xona, ayvon va boshqalar devorlarining yuqoridan qoplangan tepa qismi; tomning uy ichidan koʻrinishi. Tekis va relyef (pastbaland)li Shift xillari koʻp uchraydi. Ibodatxona, saroy kabi yirik inshootlarning Shift lari qadimdan bezatilgan. Oʻzbek xalq meʼmorligida vassash Shift, toʻsin ustiga qamish (chiy) tashlab suvalgan yoki taxta qoqib chiqilgan lamba Shift keng tarqalgan. Oʻzbekiston hududida bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar (saroy, madrasa, masjid va boshqalar) Shifti qadimdan ganch, yogoch oʻymakorligi, naqshlar bilan jozibador bezatilgan.
Zamonaviy turar joylarning Shiftlari temir beton yaxlit plita oʻrnatib yaratiladi, soʻngra suvab ishlanadi.