SHOBERDI BAXSHI

SHOBERDI BAXSHI (taxallusi; asl nomi Boltayev Shoberdi) (1944.9.4, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq baxshisi (2000). Termiz untining pedagogika f-tini tugatgan (1972). Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1999). Dostonchilikni Xushboqbaxshidan oʻrgangan, asosan doʻmbira joʻrligida kuylaydi. Ilk ijodini termalar aytishdan boshlagan («Oypari», «Ogʻajon», «Nima yomon — shu yomon» va boshqalar). Uning repertuaridan «Alpomish», «Kuntugʻmish», «Oyparcha», «Sanam gavhar», «Oltin qaboq», «Suluvxon», «Malla savdogar» kabi dostonlar oʻrin olgan. «Alpomish» dostonining 1000-yilligi oldidan boʻlib oʻtgan Oʻrta Osiyo baxshilari koʻriktanlovining sovrindory (Termiz, 1999).


Lotin alifbosida maqola: SHOBERDI BAXSHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SURXONDARYO VILOYATI
TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
YAPONIYA
QASHQADARYO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты