STAGFLYATSIYA

STAGFLYATSIYA (lot. stagno — qoʻzgʻalmas qilaman va infl atio — shishmoq, puflangan) — iqtisodiyotda chuqurlashib borayotgan pasayish bilan oʻsib borayotgan inflyatsiyaning qoʻshilishi, iqtisodiyotning turgʻunlik, inflyatsiya bilan tavsiflanuvchi holati. S nisbatan kam uchraydigan hodisa. S. belgilari: iktisodiy oʻsish gʻoyat sust boradi yoki yuz bermaydi, ishsizlik koʻpayadi, tirikchilik qiymati usadi, inflyatsiya kuchayadi, ishlab chiqarish. quvvatlari toʻla ishlatilmaydi, investitsiya jarayoni sustlashadi, ijtimoiy beqarorlik ortadi. Stagflyatsiya rivojlangan Gʻarb mamlakatlarida 70y. lar —80y. lar boshida jahon bozorida xom ashyoyoqilgʻi tovarlari narxlarining bir necha baravar koʻtarilishi oqibatida paydo boʻldi. 90y. lar boshlarida SSSR parchalanganidan keyin vujudga kelgan va bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mustaqil davlatlarning deyarli barchasida chuqur S holati yuz berdi.


Lotin alifbosida maqola: STAGFLYATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
FRANSIYA
INFLYATSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты