SHOVOT TUMANI

SHOVOT TUMANI — Xorazm viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy dan Qoʻshkoʻpir, jan. sharqdan Urganch, sharkdan Yangibozor, shim. sharkdan Gurlan tumanlari, shim., shimgʻarb va gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,46 ming km2. Aholisi 126,2 ming kishi (2004). Tumanda 1 shaharcha (Shovot), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshmertan, Boʻyrachi, Ijtimoiyat, Katqalʼa, Xitoy, Chigʻatoyqalʼa, Choʻqli, Shovotqalʼa, Oʻzbekiston, Qangʻli, Qiyot) bor. Markazi — Shovot shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi viloyatning shim. gʻarbida, Shovot kanalining sohilida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislikdan iborat, shim. ga tomon pasayib boradi. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq, issiq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha tra 10°, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —6°, eng past tra —32°, iyulning oʻrtacha t-rasi 27, eng yuqori tra 45—46°. Vegetatsiya davri 200—210 kun. Yiliga 87—89 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Shovot kanali oqib oʻtadi. Dovdon, Yormish, Udachi, Begyop kabi kanallar ham bor. Tuprogʻi, asosan, shoʻr tuproq. Qum tuproqlar ham uchraydi. Zax suvlar oqiziladigan GʻozovotDovdon kollektori tumanning jan. gʻarbidan, Shovot kollektori shim. dan oʻtadi. Yovvoyk oʻsimliklardan yulgʻun, turangʻil, oqbosh, yantoq, ajriq, yakan, qamish, chechak, shoʻra va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, boʻrsiq, tipratikan, chiyaboʻri, tulki, qobon, ondatra, sudraluvchilar; qushlardan tustovuq, kaptar, bedana, bulbul, oʻrdak, chagʻalay bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (98,5%), shuningdek, qozoq, turkman, tatar, rus, koreys, qoraqalpoq va boshqalar millat vakillari ham yashaydi (2004). Aholisi zichligi oʻrtacha 1 km2 ga 274 kishi. Shahar aholisi 15,8 ming kishi, qishloq aholisi 110,4 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q. x. ga ixtisoslashgan. Shovot tumanida faoliyat koʻrsatayotgan 900 dan ziyod korxonadan 82 tasi yirik, 17 tasi oʻrta, 76 tasi kichik korxona, 742 tasi mikrofirmalardir. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, podshipnik zdlari, un k-ti ishlab turibdi. Charm mahsulotlari f-kasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, «Semurgʻ», OʻzbekistonGermaniya «Shovotteks» qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Tuman q. x. ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Sh. t. dagi 25,7 ming ga ekin maydonining 11,4 ming ga yeriga paxta, 9,3 ming ga yeriga don, 368 ga yeriga kartoshka, 799 ga yeriga sabzavot ekiladi, shuningdek, ozuqa, poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Tumanda 11 shirkat, 585 fermer xoʻjaligi mavʻ jud. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 49,5 ming qoramol (shu jumladan, 17,6 ming sigir), 18,2 ming qoʻy va echki, 137,2 ming parranda boqiladi (2004).

2003/04 oʻquv yilida tumandagi 51 umumiy taʼlim maktabi (shu jumladan, 1 litsey)da 31,8 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. Bolalar musiqa, sport maktablari, 4 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 45 kutubxona (350 ming nusxa asar), 16 madaniyat uyi, Komiljon Otaniyozov nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bogʻi, Zarif Ramatov nomidagi muzey, «Motamsaro ona» yodgorligi bor.

Shovot tumanida 7 stadion (shu jumladan, markaziy stadion), 46 sport zali, futbol, voleybol, basketbol maydonlari va boshqalar sport inshootlari mavjud. 3 kasalxona (shu jumladan, bolalar kasalxonasi, markaziy kasalxona, 534 oʻrin), 4 tish davolash punktlari, 4 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 3 feldsherakusherlik punkti, 15 qishloq vrachlik punkti, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalarda 270 vrach (har 10 ming kishiga 21,6 vrach) ishlab turibdi. «Obi hayot», «Shovot» sanatoriylari faoliyat koʻrsatadi.

Shovot—Toshkent yoʻnalishida yoʻlovchilar tashuvchi poyezdlar qatnaydi. Tuman avtomobil va t. y. lar orqali Qoraqalpogʻiston, Turkmaniston va Rossiya bilan bogʻlangan. Shovot—Urganch yoʻnalishida avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Shovot tumanida Vayangonbobo (1—4, 9—14-asrlar), Katqalʼa (mil. av. 1-asr), Tuproqqalʼa (mil. av. 1-asr) arxeologiya yodgorliklari; Vayangonbobo maqbarasi (15-asr), Yusuf Hamadoniyning ramziy maqbarasi bor.

1932-yildan «Shovot istiqboli» tuman gaz. nashr etiladi (adadi 1000).

Roʻzmat Yoqubov.


Lotin alifbosida maqola: SHOVOT TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
XITOY
YAPONIYA
SURXONDARYO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты